SIRDARYO VILOYATIDA 1 YIL DAVOMIDA 987 KM ELEKTR UZATISH TARMOG‘I QURILDI
Prezidentimizning tegishli qarorlari hamda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan ishlab chiqilgan manzilli Dastur asosida 2021 yilda «Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini modernizatsiya-rekonstruktsiya qilish va yangilash maqsadida joylarda ishlar uyshqoqlik bilan olib borildi.
Tahlil qiladigan bo'lsak, viloyat bо‘yicha 2020 yil davomida 125 dona yangi transformator punktlari о‘rnatilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2021 yilda qariyb 2 barobardan koproqni tashkil qildi. Hozirgi kunda 263 dona turli quvvatdagi yangi transformator viloyat aholisiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish uchun xizmat qilmoqda.
Bundan tashqari, Guliston shahrida joylashgan «Markaz» podstansiyasiga 25 000 kVA quvvatga ega bo’lgan yirik transfomator o’rnatilishi orqali Guliston shahri va Mirzaobod tumanidagi 30 mingga yaqin aholi iste’molchilari va 700 dan ortiq tadbirkorlik sub’yektlariga sifatli elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.
Sirdaryo viloyatida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida, 2022 yil uchun ham rejalar katta olinib, ish jarayonlari boshlangan.
“Sirdaryo HETK” AJ matbuot xizmati.