ALOQA UCHUN

"HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ IKKI XALQARO AUDITORLIK KOMPANIYASIDAN IJOBIY AUDIT XULOSASINI QО‘LGA KIRITDI

"HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ IKKI XALQARO AUDITORLIK KOMPANIYASIDAN IJOBIY AUDIT XULOSASINI QО‘LGA KIRITDI

“Hududiy elektr tarmoqlari" AJning 2019 hamda 2020 yillar uchun tayyorlangan xalqaro standartlar asosidagi moliyaviy hisobotlar (IFRS) Katta tо‘rtlikka kiruvchi (Big 4) PricewaterhouseCoopers xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan xalqaro auditorlik standartlariga muvofiq (IAS) audit tekshiruvi о‘tkazilib, natijalari bо‘yicha ijobiy xulosa olindi.

Shu bilan bir qatorda Jamiyatning  MHXS asosida hisobotlar tayyorlashda, Jamiyat balansidagi asosiy vositalarni xalqaro standartlarga muvofiq haqqoniy qiymatini aniqlash maqsadida "KPMG Valuation and Consulting" xalqaro konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlar olib borilib, asosiy vositalarning bugungi kundagi bozor qiymati shakllantirilishiga erishildi.

Bu esa, о‘z navbatida, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 24 fevralda «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga о‘tish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlashda hamda Jamiyatning xalqaro kredit reytinglarini olish yо‘lida qо‘yilgan dadil qadam desak, mubolag‘a bо‘lmaydi.

Shu о‘rinda qayd etish joizki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda tizim tarkibidagi barcha korxonalarda hisob siyosati va buxgalteriya hisobi yuritilishi markazlashgan 1S dasturi orqali avtomatlashtirilgan holda yuritilmoqda.

 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

  • 29.12.2021
  • 2458
Sayt xaritasi