ALOQA UCHUN

PAXTAOBODNI YANADA OBOD GO’SHAGA AYLANTIRAMIZ

PAXTAOBODNI YANADA OBOD GO’SHAGA AYLANTIRAMIZ

Paxtaobod tumanida 2 ming nafarga yaqin aholi – oʻzbek, uyg’ur, qirg’iz, tojik millati vakillari oʻzaro ahil-inoq boʻlib yashab kelmoqda. Bu zamin xalqi – mehnatkash. Ularning asosiy mashgʻuloti dehqonchilik.

Bugun ushbu zahmatkash xalqning orzulari roʻyobga chiqmoqda. Sababi fuqarolarning elektr energiyasidan bo’lgan ehtiyoji qondirilmoqda. Nuroniy otaxonlar duosi bilan boshlangan xayrli ishlar koʻlami kengayib, Paxtaobod yanada obod goʻshaga aylantirilmoqda.

Xususan tumanning “Navro’z” MFY hududiga 50 dona temir-beton tayanchlar olib kelib o’rnatildi hamda quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punkti ishga tushirildi. Hozirda 2 rm uzunlikdagi SIP kabel tarmoqlari tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek,”Ma’rifat” MFY hududida ham qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Ushbu hududga 21 dona temir beton tayanch o’rnatilib, ayni damda 900 metr uzunlikdagi SIP kabel tarmoqlari tortish ishlari olib borilmoqda.

Natijada Yangi yil bayrami arafasida 300 dan ortiq aholi honadonlarining elektr energiyasi sifati yaxshilanib, aholiga bayramona kayfiyat ulashiladi.

"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 29.12.2021
  • 990
Sayt xaritasi