ALOQA UCHUN

1959-YILDA QURILGAN "OLTIARIQ" PODSTАNSIYASI QUVVАTI IKKI BAROBARGA OSHIRILАDI

1959-YILDA QURILGAN "OLTIARIQ" PODSTАNSIYASI QUVVАTI IKKI BAROBARGA OSHIRILАDI

Bugungi kunda aholi isteʼmolchilari hamda tadbirkorlik subyetklari, ijtimoiy soha obyektlari, qoʼyingki barcha turdagi isteʼmolchilar uchun sifatli hamda barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash borasida qator loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

 Bu masʼuliyatli vazifani bajarish jarayonida hududlardagi mavjud past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish bilan bir qatorda joylardagi nimstansiyalarning ham quvvati oshirilmoqda.

"Fargʼona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" АJning joriy yil boshida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan, quvvati 40 000 kVА boʼlgan yangi zamonaviy kuch transformatori olib kelindi.

Viloyatimizning Oltiariq, Qo‘shtepa, Rishton hamda Farg‘ona tumanlarining umumiy xisobda 50 mingga yaqin aholi, 1 500 dan ortiq tadbirkorlik subyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi 110/35/10 kVli 1959-yilda qurilgan “Oltiariq” podstansiyasidagi mavjud 15 000 kVА boʼlgan kuch transformatori, olib kelingan 40 000 kVA quvvatdagi kuch transformatoriga almashtiriladi.

Bu bilan, uzoq yillardan buyon xizmat koʼrsatib kelayotgan podstantsiyaning quvvatini ikki barobarga oshirishga erishiladi.

 Ushbu loyiha yakuniga yetgazilgach, aholini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash bilan bir qatorda, kichik sanoat zonalarida istiqbolda yangidan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlarining koʼpayishiga, ishlab chiqarish mahsulotlari ortishiga, qoʼshimcha ish oʼrinlari yaratilib, Fargʼona viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham katta zamin yaratadi.

 Maʼlumot oʼrnida, bundan avval "Oybek" nimstansiyasining quvvati ortishi hisobiga, yana 3 dona joylardagi mavjud podstansiyalarning quvvati oshirilgan edi.

“Fargʼona HETK” АJ matbuot xizmati.

  • 28.12.2021
  • 897
Sayt xaritasi