KELGUSI YIL UCHUN MUHIM VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
Bugungi kunda, hududlarda energetika sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning odamlar hayotiga bevosita taʼsiri va mamlakatimiz iqtisodiyotining yuksalishi, investitsion salohiyatning oshishi hamda xalqaro miqyosda hamkorlik aloqalarining oʻrnatilishiga xizmat qilayotir.
Sifatli elektr energiyasi yetkazib berish yurtimizda iqtisodiy barqarorlikni oshirish, pirovardida ertangi farovon hayotimiz uchun hal etuvchi muhim omillardan biri ekanligini anglagan soha xodimlari barcha imkoniyatlarni ishga solib, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish yoʻlida tun-u kun mehnat qilmoqdalar.
Fargʻona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari X.Isaqov “Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan joriy yil olib borilgan ishlar koʻlami, isteʼmochilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish borasidagi faoliyat samaradorligi hamda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturi muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Taʼkidlash oʻrinliki, Jamiyat tomonidan tegishli dasturlar asosida kelgusi yil uchun qator chora-tadbirlar belgilangan boʻlib, past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va taʼmirlash ishlari olib boriladi. Viloyat hokimining oʻrinbosari Jamiyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ularning sifatini nazorat ostiga oldi. Masʼullarga ishlab chiqarilayotgan muhsulotlarning eng avvalo, sifatini doimiy nazoratga olish, aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish borasida koʻrsatma va topshiriqlarini berib oʻtdi.
Jamiyat tomonidan dasturlar ijrosi doirasida bosqichma-bosqich ishlar yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, temin-betonlar ishlab chiqarish quvvati ikki baravarga oshirilib, qoʻshimcha zarur mahsulotlar mahalliylashtirilmoqda. Asosiy maqsad esa – odamlarni rozi qilish, hududlarda aholining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojlarini sifatli ta’minlashga erishishidan iboratdir.
“Farg’ona HETK” AJ matbuot xizmati.