ALOQA UCHUN

YANGIARIQ TUMAN ELEKTR TAʼMINOTI KORXONASINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

YANGIARIQ TUMAN ELEKTR TAʼMINOTI KORXONASINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

”Xorazm elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyati tomonidan shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat va tuman hokimligi masʼullari, tuman mutasaddi korxona va tashkilotlar vakillari, ishchi-xodimlar hamda OАV xodimlari ishtirok etdi.

Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli qurilish, bunyodkorlik, obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlari Xorazm viloyatida ham yangilanishlar, oʼzgarishlarga asos yaratib bermoqda. Hududda koʼplab yirik ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega loyihalar hayotga tadbiq etilmoqda.

Tuman elektr ta'minoti korxonasining yangi binosi foydalanishga topshirilishi ham tizimda keng koʼlamli ishlar olib borilayotganidan dalolat bermoqda. Yangi majmuada yaratilgan sharoit, mavjud texnik va texnologik uskunalar imkoniyati, qolaversa muhandis-texnik va ishchi-xodimlar, korxona mutaxassislarini oʼqitish, operativ-dispetcherlik xizmati tomonidan amalga oshiriladigan energiya taʼminotining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi kabi xonalar ish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, binoda iste’molchilarni qabul qilish xonasi, kassa xizmatlari va boshqa xizmat turlari mavjud.

Bunday oʼzgarishlar va yangilanishlarning asosiy maqsadi, albatta, elektr energiyasi isteʼmolchilariga qulaylik yaratish bilan bir qatorda, ishchi-xodimlarga munosib mehnat sharoitlari yaratishdir.

Tadbir yakunida, bir guruh soha fahriylari so'z olib, jamiyat mutasaddilariga ish tajribalaridan kelib chiqib o'z maslahatlarini berisdi va kelgusi ishlariga omad tilashdi.

Ma’lumot uchun: “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan joriy yilda Gurlan, Yangibozor, Yangiariq tuman elektr ta’minoti korxonalari binolari yangidan zamonaviy jihozlangan holda foydalanishga topshirildi.

“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati.

  • 23.12.2021
  • 2405
Sayt xaritasi