OBOD QISHLOQ – OBOD MANZILLAR
Istiqlol bergan imkoniyatlar samarasi hayotimizning barcha jabhasida o’z aksini topmoqda. Birgina qishloq joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini olaylik. Hozir eng chekka va olis manzillarda ham beqiyos o’zgarishlar, yangilanishlar ro’y bermoqda.
Hozir eng chekka va olis manzillarda ham beqiyos o’zgarishlar, yangilanishlar ro’y bermoqda. Mustahkam infratuzilma, zamonaviy qulayliklar, muhtasham imoratu inshootlar... Bularning barchasi qishloqlarimizning shaharlar bilan bo’ylashib borayotganidan dalolat beradi.
Shu bois davlatimiz rahbarining 2021 yil 2 aprelda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-5048 sonli qarorida aniq maqsadli vazifalar belgilab berildi.
Andijon viloyatining Qo’rg’ontepa tumanida ham mazkur hujjat ijrosi doirasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Dardoqtepa” MFY o’ramidagi Zebiniso, Tabobat, Beruniy ko’chalariga jami 5,1 km uzunlikdagi 10/04 kVli havo tarmog’I yangi qurilib rekonstruksiya ishlari olib borildi.
Ushbu hududda yashovchi 400 dan ortiq aholi honadonlarining elektr energiyasini yanada yaxshilash maqsadida 2 dona quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punktlari olib kelib ishga tushirildi.
Hozirda barcha hududlarda mavsumni betalofat o’tkazish maqsadida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
"Andijon HETK" AJ Matbuot xizmati.