ALOQA UCHUN

«OBINAZIR»DA ELEKTR TAʼMINOTI YAXSHILANMOQDA

«OBINAZIR»DA ELEKTR TAʼMINOTI YAXSHILANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi «Obod qishloq» ва «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5048-son qarori ijrosi yuzasidan dastur asosida, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tasarrufidagi Shayxontoxur tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan bugungi kunda joylarda jadal surʼatlarda tegishli tartibda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tuman hududidagi «Obinazir» mahallasidagi aholi yashash xonadonlarini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida hududga 2 ta yangi transformator olib kelindi.

Yillar davomida ushbu mahalladagi mavjud transformator punkti isteʼmolning hamda isteʼmolchilarning ortishi natijasida oʼta yuklama bilan ishlab kelayotgandi. Bu esa mavjud elektr qurilmalarining sifatli xizmat koʼrsatishiga salbiy taʼsir koʼrsatayotgandi.

Hududdagi «Vistavochniy» PSdan chiquvchi Beruniy-1 va Beruniy-2 uzatmalaridan taʼminlanuvchi quvvati 10 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli TP-2306-sonli transformator punkti quvvatini yengillatish, isteʼmolchilarni sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida mavjud 400 kVAli transformator oʻrniga yangi 2 dona quvvati 630 kVA boʻlgan transformator oʻrnatildi.

Hozirda yakuniy montaj ishlari olib borilmoqda. Amalga oshirilgan ushbu dastur asosida hududdagi mingdan ortiq aholi isteʼmolchilari hamda tadbirkorlik subyektlarining elektr taminoti yanada yaxshilanadi.

Poytaxtimizning barcha tuman elektr taʼminoti korxonalari tomonidan olib borilayotgan bunday amaliy ishlarning barchasi qish mavsumida aholini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan.

 «Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.

 

  • 14.12.2021
  • 967
Sayt xaritasi