ALOQA UCHUN

FАRGʼONАDА 23 MING XONАDONNING BIR OYLIK ISTE’MOLIGА TENG MIQDORDАGI ELEKTR ENERGIYASIDАN NOQONUNIY FOYDАLАNISH HOLАTLАRI АNIQLАNDI

FАRGʼONАDА 23 MING XONАDONNING BIR OYLIK ISTE’MOLIGА TENG MIQDORDАGI ELEKTR ENERGIYASIDАN NOQONUNIY FOYDАLАNISH HOLАTLАRI АNIQLАNDI

Konstitutsiyamizda fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanishi bilan birga burch va majburiyatlari ham belgilab qoʼyilgan. Shunday ekan, har bir isteʼmolchi elektr egenrgiyasidan toʼgʼri va qonuniy tartibda foydalanishi, belgilangan toʼlovlarni oʼz vaqtida amalga oshirib, noqonuniy hatti-harakat sodir etmasliklari zarur. 

Biroq, ayrim isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasiga noqonuniy ulanib olish va foydalanish holatlari uchrab turibdi. 

Raqamlarga murojaat qiladigan boʼlsak, joriy yil boshidan viloyat boʼyicha aholi isteʼmolchilari tomonidan 1268 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan boʼlib, ushbu noqonuniy holatlar yuzasidan umumiy 921,3 mln soʼm qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 772 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, umumiy hisobda 5 mlrd 850 mln soʼmga qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

“Fargʼona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ tomonidan joylarda muntazam elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari oʼtkazib kelinmoqda.

Bundan asosiy maqsad - elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlariga butunlay barham berish va isteʼmolchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashdan iboratdir.

Oʼtkazilayotgan tadbirlar davomida joylarda aniqlangan qoidabuzarlik holatlari yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, vaqtincha elektr tarmogʼidan ajratilmoqda.

Joylarda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Shu oʼrinda, elektr energiyasi isteʼmolchilaridan bugungi kunda elektr energiyasidan qonuniy, oqilona va samarali foydalanishlarini soʼrab qolamiz.

“Fargʼona HETK” АJ matbuot xizmati.

  • 13.12.2021
  • 1195
Sayt xaritasi