ALOQA UCHUN

AMALDAGI ISLOHOTLAR SAMARASI

AMALDAGI ISLOHOTLAR SAMARASI  

Bugun zamon va dunyo shiddat bilan oʻzgarmoqda. Yirik urbanizatsiya jarayonida kundalik hayot ehtiyojlari tobora oshmoqda. Xususan, elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda yoqilgʻiga boʻlgan talab mavjud zahiralardan oqilona foydalanishga undaydi. 

Soʻngi yillarda, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan sohada amalga oshirib kelinayotgan ulkan islohotlar, oʻzgarishlar, bugunga kelib halqimizni bugungi kunidan mamnun boʻlishlariga xizmat qilmoqda. 

Bugun, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ da barcha tuman elektr taʼminoti korxonalari rahbarlari ishtirokida sohada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, istiqboldagi loyihalar «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ misolida tahlil qilindi.  

Oʻtkazilgan tadbirda, «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ faoliyatiga oid videorolik tadbir qatnashchilariga havola etildi.

Zero, oʻzaro fikr almashish, kelgusidagi  islohotlarni hayotga tadbiq etilishiga, joylarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarga oʻz vaqtida yechim topilishiga xizmat qiladi. 

Qatnashuvchilar tadbir soʻnggida mavzuga doir savollariga javob berildi. Takliflari tinglandi va kelgusida amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalar aniq belgilab olindi.

«Toshkent shahar ЕТК» AJ мatbuot xizmati.

  • 10.12.2021
  • 956
Sayt xaritasi