ALOQA UCHUN

RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangi elektr xisoblagichlar tokni kо‘p xatto 2 barobargacha kо‘p kuzatilmoqda, uni qanday qilib sozlash videoda batafsil tushintirilgan” sarlavhali video tarqatilmoqda. Ushbu xabarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ  quyidagilarni ma’lum qiladi.

Avvalo ushbu tarqatilayotgan video mutlaqo asossiz va yolg‘on ma’lumotlardan iborat ekanligini qayd etib о‘tish joiz. Bundan ikki yil avval mazkur videoni tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan shaxsga nisbatan о‘sha vaqtning о‘zidayoq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan huquq-tartibot organlariga taqdimnoma kiritilib, asossiz ma’lumot tarqatgani uchun tegishli tartibda jazoga tortilgan.

Eslatma о‘rnida, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari tomonidan ushbu videoda keltirilgan vajlar asossiz ekanligini isbotlovchi videomaterial tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlar orqali elektr energiyasi iste’molchilariga bu borada tushuntirishlar berib о‘tilgan.

Qо‘shimcha sifatida qayd etish joizki, zamonaviy hisoblagichlar ishlab chiqarish jarayoni inson omili ta’sirisiz alohida, bir nechta bosqichli kо‘riklardan о‘tkazilgan holda olib boriladi. YA’ni davlat metrologik kо‘rsatkichlari talabiga javob bermasa, yaroqsiz deb topiladi va foydalanishga chiqarilmaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi asossiz xabarlarga ishonmasliklarini sо‘raymiz.

О‘z navbatida, ijtimoiy tarmoq adminlariga bu kabi asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatganlik uchun javobgarlik borligini eslatib о‘tmoqchimiz.

 

Hurmatli jurnalist va blogerlar! Elektr energetikasi ta’minotiga oid biron savol yoki mulohazalaringiz bо‘lsa, yohud ishonchli xabarlarga ega bо‘lishni xohlasangiz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati sizga bu borada har tomonlama kо‘mak berishga tayyor ekanligini bildirib qolamiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ fuqarolarimizdan tekshirilmagan ma’lumotlar asosida,  turli xil chalg‘ituvchi va noxolis axborotlarni tarqatmasliklarini sо‘rab qoladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

  • 09.12.2021
  • 2026
Sayt xaritasi