ALOQA UCHUN

«3-KATTA CHILONZOR» MFYDA MAVJUD TRANSFORMATOR PUNKTI QUVVATI OSHIRILDI

«3-KATTA CHILONZOR» MFYDA MAVJUD TRANSFORMATOR PUNKTI QUVVATI OSHIRILDI

Poytaxtning Chilonzor tumaniga qarashli «3-Katta Chilonzor» mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan asosan koʻp qavatli xonadonlarga xizmat koʻrsatib kelayotgan transformator punkti yillar davomida isteʼmolchilarni elektr energiyasiga boʻlgan talabi ortishi hisobiga oʻta zoʻriqish bilan ishlab kelayotgan edi.

Bu esa, elektr taʼminotida avariyali uzilishlarga sabab boʻlib kelayotgan edi. Mahalla ahlining murojaatlariga asosan, «Toshkent shahar ETK» AJ tasarrufidagi Chilonzor tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi «2017-2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturi toʻgʻrisida» gi PQ-2661-sonli qaroriga asosan ayni vaqtda ushbu MFYda elektr uzatish tarmoqlarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, hududdagi mavjud TP-1449-sonli transformator punktidagi quvvati 400 kVA boʻlgan transformator, 630 kVA boʻlgan yuqori kuchlanishli transformator punktiga almashtirildi.

Hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi «2017-2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturi toʻgʻrisida»gi PQ-2661-sonli qaroriga asosan, amalga oshirilayotgan bu kabi loyihalar isteʼmolchilarni sifatli, barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan.

«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.

  • 06.12.2021
  • 1072
Sayt xaritasi