“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJDA «OCHIQ ESHIKLAR KUNI»
Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan Antikorrupsion haftalik doirasida «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri о‘tkazildi.
Tadbirda Jamiyat mutasaddilari, boshqarmalar boshliqlari, mutaxassislar, OAV xodimlari hamda tuman kengashlari deputatlari ishtirok etdilar.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi о‘rinbosari Jahongir Obidjonov va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutaxassisi Nodira Samandarova tadbirni kirish sо‘zi bilan ochar ekan, yig‘ilganlar e’tiborini keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani, ammo bu borada hali qilinishi lozim bо‘lgan ishlar kо‘pligi, ushbu illatning oldini olishda, avvalo, davlat idoralarining ochiq va shaffofligini ta’minlash muhim ekanligini ta’kidladi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlar” AJda korrupsiyaga qarshi «komplayens-nazorat» tizimi joriy etilgan.
Ayni paytda tizim tomonidan Jamiyat tasarrufidagi korxonalarda korrupsion xavf-xatarlarni о‘z vaqtida aniqlash va chek qо‘yish, ularning oqibatlari hamda imkon beruvchi sabablarini bartaraf etish, eng muhimi, bunday holatlarni minimum darajaga tushirishdan iborat bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu kabi say-harakatlar qatorida, «komplayens-nazorat» tizimi korrupsiyaga qarshi siyosat ishlab chiqilgani, barcha viloyatlarda tasdiqlanib, amaliyotga kiritilganligi bugun о‘z natijasini berayotganligini alohida ta’kidlash lozim.
“Ochiq eshiklar kuni”da kelgusida tizimda korrupsiya va boshqa salbiy illatlarni bartaraf etish borasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan uzviy hamkorlikda aniq maqsadga yо‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar yanada kuchaytirilishi belgilab olindi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar о‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
“Hududiy elektr tarmoqlar” AJ Matbuot xizmati.