ALOQA UCHUN

MOYARIQDA ELEKTR TAʼMINOTI YAXSHILANDI

MOYARIQDA ELEKTR TAʼMINOTI YAXSHILANDI 

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tasarrufidagi 12 ta tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan kuz-qish davrida aholiga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, dasturlar ijrosi jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Jumladan, Olmazor tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi «2017-2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturi toʻgʻrisida»gi PQ-2661-sonli qaroriga muvofiq elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari tumandagi «Moyariq» mahallasida jadal sur'atlarda olib borilmoqda.

«Moyariq» mahallasidagi aholi iste`molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, hududdagi muddatini o`tab bo`lgan yer ostidan o`tgan kabel` tarmoqlarini 1 km 400 metrdan ortiq yangi zamonaviy yuqori kuchlanishli kabel tarmoqlariga almashtirilmoqda. Ushbu yuqori kuchlanishli kabel tarmoqlarining yangilanishi mahalla aholisini elektr energiyasi bilan taʼminlashda yuzaga kelayotgan muammolarga chek qoʻyadi.

Bundan tashqari, tumandagi isteʼmolchilarga uzluksiz va sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida, tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan hududdagi mavjud transformator punkti yukini yengillashtirish uchun hududga qoʻshimcha zamonaviy rusumdagi yangi transformator punkti oʻrnatildi.

Bu bilan, tuman hududidagi aholi isteʼmolchilarining elektr taʼminoti sifatini yanada yaxshilashga erishiladi.

«Toshkent shahar ЕТК» AJ мatbuot хizmati.

  • 30.11.2021
  • 1103
Sayt xaritasi