ALOQA UCHUN

20 DONA TRANSFORMATOR PUNKTLARI OLTINKO’L TUMANINING TURLI KO’CHALARIGA TOPSHIRILDI

20 DONA TRANSFORMATOR PUNKTLARI OLTINKO’L TUMANINING TURLI KO’CHALARIGA TOPSHIRILDI

Avval habar berganimizdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021 yil 17-18 iyun kunlari Аndijon viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga asosan, Davlat bojxona qoʼmitasi jamgʼarmasi tomonidan Oltinkoʼl tumanining elektr taʼminotida nosozliklar boʼlayotgan “Koʼmakay”, “Uyshin”, “Gulbogʼ-Ittifoq”, “ORS”, “Xoʼja”, “Saroy-2”, “Ittifoq”, “Markaz”, “Qairma”, “Xondibogʼi”, “Uzun koʼcha”, “Аndijon”, “Safarobod”, “Oqtumor” mahallalariga transformatorlar sotib olib berilishi tog’risida koʼrsatmalar berilgan edi. Kuni kecha ko’rsatmalar ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat bojxona qoʼmitasi tomonidan 16 dona quvvati 250 kVА hamda 4 dona quvvati 160 kVА boʼlgan transformator punktlari Oltinko'l tuman elektr ta'minoti korxonasiga olib kelindi.

Ushbu transformator punktlarini Oltinko’l tuman hokimi I. Matro’ziev, Andijon viloyati Bojxona qoʼmitasi boshqarmasi boshlig’i E. Rayxonov hamda “Andijon HETK” AJ Kapital qurilish bo’yicha direktor F. Umrzaqov tegishli MFY raislariga tantanali ravishda topshirdilar.

Endilikda Oltinko'l tumanining 14 ta mahallalarining elektr energiyasi sifati yaxshilanishiga erishiladi.

"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati

  • 29.11.2021
  • 1540
Sayt xaritasi