ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ MATBUOT KOTIBLARI MALAKASI OSHIRILMOQDA

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ MATBUOT KOTIBLARI MALAKASI OSHIRILMOQDA

Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Xorazm HETK” AJ tashabbusi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida tizim tarkibiy korxonalarida faoliyat olib borayotgan matbuot kotiblari uchun “Yangi media ta'lim markazi” mutaxassislari ishtirokida "Axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishda zamonaviy kommunikasiya trendlari" mavzuidagi ikki kunlik seminar-trening o‘z ishini boshladi.

O‘quv-seminar ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda ta'kidlanganidek, Prezidentimizning 2019 yil 27 iyunda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash bo‘yicha Jamiyat tomonidan o‘tgan vaqt davomida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Xususan, qaror asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonalarida tashkil etilgan  axborot xizmatlari faoliyati hozirgi kunda yanada takomillashtirilib, samarali yo‘lga qo‘yilganini qayd etib o‘tish joiz.

O‘quv-seminarning birinchi kunida Matbuot kotibi, tashkilot rahbarining individual imiji va korporativ imij komponentlari; maqsadli auditoriyani aniqlash va u bilan ishlash usullari; zamonaviy antikrizis texnologiyalar: spindoktoring – yangiliklar menejmenti; PR materiallar tayyorlash; kopirayting nima, undan samarali foydalanish qoidalari; ijtimoiy tarmoqlar uchun media matn tayyorlashda onlayn instrumentlardan foydalanish kabi yo‘nalishlardagi mashg‘ulotlar amaliy mashqlar orqali tushuntirildi.

Seminarning ikkinchi kunida yangi PR instrumentlar hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlar uchun foto/video material tayyorlashda mobil' telefonlardan foydalanish, provakasion savollar va holatlarga qanday javob berish kerakligi, kommunikasiya jarayonida konkretika qoidalari: amaliy maslahatlar va yana boshqa yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar olib boriladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” Matbuot xizmati.

  • 24.11.2021
  • 1505
Sayt xaritasi