ALOQA UCHUN

BIR XATONING MING JAFOSI

BIR XATONING MING JAFOSI

“Hududiy elektr tarmoqlari” АJ boshqaruv raisi Ulugʼbek Mustafoevning “Har biringizning hayotingiz men uchun qadrli” shiori ostida “Navoiy HETK” AJ tasarrufidagi Nurota TETKda barcha ekspluatatsiya xodimlari ishtirokida oʼquv-seminari boʼlib oʼtdi.  Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshligʼi M.Egamqulov boshchiligida o'tkazilgan oʼquv-seminarida baxtsiz hodisalarga birma-bir tuxtalib o'tilib, ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi.

Ta'kidlanganidek, Ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalarini bajarmaslik, himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanilmaslik, ba’zi holatlarda ish joyini kengaytirish, shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab ish bajarish, ish tashkil qilingan elektr uskunalarda ish joyi tayyorlamasdan, uchirmasdan, kuchlanish yo‘qligini tekshirmasdan, yerga ulamasdan ya'ni “Tashkiliy va texnik tadbirlarni” bajarmasdan ish bajarish holatlari kuzatilmoqda.

Shuning uchun baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida xodimlarni avvalambor xavfsiz ish bajarish, ish joylarini to‘g‘ri tayyorlash, himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha o'quv mashq maydonlarida har bir baxtsiz hodisani ko‘rsatgan holda amaliy ishlab chiqish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida tushunchaga ega bo‘lishi lozimligini takidlandi. Har bir xodim o‘z vazifalarini puxta bajarishi, ishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik, mehnat intizomiga doimiy rioya qilish bo‘yicha keng qamrovli tushunchalar berildi. “Xavfsizlik texnikasi qoidalari” talablariga hamda mehnat intizomiga zid ravishda, o‘zboshimchalik bilan ishlar tashkil qilinishiga yo‘l qo‘yilmaslik, ekspluatatsiya ishlarini bajarishda “Xavfsizlik texnikasi qoidalari” talablariga hamda mehnat intizomiga rioya qilgan holda ishlar tashkil qilinib, xodimlar ustidan nazoratni kuchaytirish topshirig’i berildi.

Tizimda sodir bo'lgan baxtsiz hodisalarga bagishlangan "Bir xatoning ming jafosi" kitobida aks etirilgan baxtsiz hodisalar tafsiloti va kelib chiqish sabablari muhokama qilindi.

Oʼquv-seminari yakunida ekspluatatsiya xodimlari uzini qiziqtirgan savollariga tulaqonli javob oldi.

“Navoiy HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 23.11.2021
  • 1398
Sayt xaritasi