ALOQA UCHUN

FARG‘ONA XABARLARI

FARG‘ONA XABARLARI

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi «2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturi toʼgʼrisida»gi qaroriga asosan viloyatda qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

TOSHLOQ

Tumanining “Uchalish”, “Zarkent”, “Katta ko’cha” hamda “Xo’jaariq” mahallalariga 100 dan ortiq yangi temir-beton tayanchlar olib kelindi.

Xususan, loyihaga ko’ra “Xo’jaariq” mahalla fuqarolar yig’ini hududiga yetkazilgan yangi temir–beton tayanchlari o’rnatilib, kerakli butlovchi elektr qurilmalar yangi elektr tarmog’ini tortish uchun shay xolatga keltirildi. Keyingi bosqichda iste’molchlarni tarmoqqa ulash ishlari bajariladi.

RISHTON

Rishton tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “Saroy” mahalla fuqarolar yig’ini hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 10 kVli “Navoiy” elektr uzatish tarmog’ining 2,0 kmga yaqin qismi to’liq yangilandi. Ushbu ishlar davomida, hududga 50 dan ortiq yangi temir-eton tayanchlari o’rnatildi.

Shu bilan birga, “Chek Nasriddin” mahalla fuqarolar yig’ini hududiga yangi o’rnatilgan transformator punktini mutaxassislar tomonidan yakuniy montaj qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Tez kunlarda mazkur tarmoq foydalanishga topshiriladi.

Quvasoy shahri

Shahar elektr taʼminoti korxonasi tomonidan shaharning “Qo‘chqorchi” mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi mavjud 0,4-10 kVli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir-beton tayanchlarini oʼrnatish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Ayni vaqtda, hududga tortilgan yangi elektr uzatish tarmoqlarini hamda transformator punktini yakuniy montaj ishlari bajarilmoqda. Tez orada ushbu yangi tarmoq iste’molchilarga foydalanish uchun topshiriladi.

YOZYOVON

Tuman elektr ta’minoti korxonasi energetiklari tomonidan “Qorasoqol” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 95-sonli transformator punktini yukini yengillashtirish, hududda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yangi elektr uzatish tarmog’i uchun olib borilgan yangi temir-beton tayanchlari o’rnatilmoqda.

SО‘X

So’x tumanining “Hazrati Ali” mahalla fuqarolar yig’ini hududida ayni kunlarda  elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Loyihaga ko’ra hududga 60 dan ortiq yangi temir-beton tayanchlari yetkazildi. Endilikda mutaxassislar tomonidan ushbu tayanchlar o’rnatilib, yangi 0,4-10 kVli tarmoq tortish ishlariga kirishiladi.

QIRGULI

Tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan Farg’ona shahrining “Beshbola” mahalla fuqarolar yig’ini hududiga o’rnatilgan yangi temir-beton tayanchlariga tarmoq tortish ishlari boshlandi.

UCHKO'PRIK

Tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan tumanning “Kichik Kenagas” mahalla fuqarolar yigʼinida joylashgan 372-sonli transformator punktidan taʼminlanuvchi isteʼmolchilarni elektr taʼminotini yaxshilash borasida hududga oʼrnatilgan yangi temi-beton tayanchlariga 400 metr uzunlikda kabel tortish ishlari bajarildi.

“Chang” mahalla fuqarolar yigʼinida hududida yangi qurilgan elektr uzatish tarmog’iga 15 ta, “Puchug’oy” mahalla fuqarolar yigʼinida esa 12 ta aholi iste’molchilari yangi tarmoqqa ulandi.

Bundan tashqari, “Boboshbek” mahalla fuqarolar yigʼini hududiga olib kelingan yangi temir-beton tayanchlardan 8 donasini o’rnatish ishlari bajarildi.

Viloyatda modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari belgilangan reja asosida izchillik bilan davom ettirilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 18.11.2021
  • 1701
Sayt xaritasi