ALOQA UCHUN

“HAR BIRINGIZNING HAYOTINGIZ MEN UCHUN QADRLI”

“HAR BIRINGIZNING HAYOTINGIZ MEN UCHUN QADRLI”

“Samarqand HETK”AJ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati o‘quv mashg‘ulotlar xonasida mazkur shior ostida o‘quv-seminar o‘tkazildi. 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i M.Egamqulov boshchiligida tashkil etilgan o‘quv-seminarda “O‘zenergoinspeksiya” viloyat hududiy bo‘limi bosh mutaxassisi Q.Hayitov, “Samarqand HETK” AJ MXTX boshlig‘i J.Rabbbimov hamda shahar-tuman elektr ta’minoti korxonalarining mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati xodimlari ishtirok etdi.

Unda so‘z olganlar ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda xodimlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga va mehnat muhofazasi yo‘riqnomalariga qat’iy rioya qilishi haqida so‘z yuritishdi.

Shuningdek, o‘quv-seminar davomida ishtirokchilarga Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi “Elektr qurilmalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 638-sonli qarorida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha xodimlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etishlari, tashkiliy va texnik tadbirlarni bajargan holda ishlash, himoya vositalaridan foydalanish hamda birinchi yordam ko‘rsatish qoidalari bo‘yicha tushunchalar berildi. 

O‘quv-seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 18.11.2021
  • 1090
Sayt xaritasi