“YASHIK” NIMSTANSIYASIDA NOSOZLIK YUZAGA KELDI. USHBU NIMSTANSIYA DANG’ARA, BUVAYDA HAMDA UCHKO’PRIK TUMANLARINING BA’ZI HUDUDLARINI ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLAYDI
Dangʼara tumanining “Toʼlaboy”, “Ganjiravon”, “Mangʼit”, “Soyshildir” hamda “Sanam” mahalla fuqarolar yigʼinini, Buvayda tumanining “Turk”, “Bumozor”, “Elobod”, “Urganji”, “Qum”, “Yangixayot”, “Аrab”, “Jilva” hamda “Beshterak” mahalla fuqarolar yigʼini Uchkoʼprik tumanining “Mirzaxoʼja”, “Poloxon”, “Navroʼz”, “Gʼishdon”, “Istiqbol”, “Qorayantoq”, “Chang”, “Sobirjon”, “Nixol”, “Qumariq” hamda “Gʼozigʼijdon” mahalla fuqarolar yigʼini hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi Dangʼara tumanida joylashgan 110/35/10 kVli “Yashik” nimstantsiyasidagi quvvati 16000 kVА boʼlgan kuch transformatorida yuzaga kelgan nosozlikn tufayli mazkur hududlarga elektr energiyasini yetkazib berishda uzilishlar kuzatilmoqda.
Kuni kecha boshlangan taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilib, 17-noyabr kuni kuch transformatori soat 02:57 da qayta tarmoqqa ulangan, lekin texnik sabablarga koʼra elektr taʼminoti yetkazib berilishida juzʼiy muammolar vujudga keldi.
Nosozlikni toʼliq bartaraf etish jarayoni koʼp vaqt talab etgani bois, ayni vaqtda hududga vaqtincha quvvati 10000 kVА boʼlgan kuch transformatori olib borish va oʼrnatish choralari koʼrilmoqda.
“Fargʼona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ tomonidan ushbu taʼmirlash jarayoniga 50 nafardan ortiq malakali mutaxassislar, zarur maxsus transport vositalari jalb etilgan.
Olib borilayotgan taʼmirlash jarayonlari toʼgʼrisida qoʼshimcha maʼlumot taqdim etiladi.
“Fargʼona HETK” АJ matbuot xizmati.