ALOQA UCHUN

«TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ: POYTAXTIMIZDA ELEKTR TAʼMINOTI TOʻLIQ TIKLANMOQDA

«TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ: POYTAXTIMIZDA ELEKTR TAʼMINOTI TOʻLIQ TIKLANMOQDA

Ma'lumki, 16-noyabrdan 17-noyabrga oʻtar kechasi kuchli yomgʻir va qor yogʻishi koʻplab daraxtlarning sinishiga, oqibatda esa qator elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi natijasida elektr energiyasi yetkazib berishda vaqtinchalik uzilishlarga sabab boʻldi. Buning natijasida elektr tarmoqlarida uzilishlar kuzatildi. Shu kechaning oʻzidayoq, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ va uning tizimidagi barcha tuman elektr taʼminoti korxonalarining tezkor brigadalarining asosiy kuch va texnikalari yuzaga kelgan holatlarni zudlik bilan bartaraf etishga qaratildi.

Kun davomida barcha kuch va texnikalarni jalb qilgan holda ishlar jadal olib borilib, elektr tarmoqlaridagi avariyalarning barchasi toʻliq bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

Ayni paytgacha, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalari xodimlari tomonidan olib borilgan saʼy-harakatlar tufayli elektr taʼminotida uzilish boʻlgan hududlardagi isteʼmolchilar elektr energiyasiga ulandi.

Toshkent shahridagi shahar va tuman elektr taʼminoti korxonalarining ogʻir sharoit yuzaga kelishiga shay turishiga hamda puxta koʻrilgan tayyorgarlik ishlariga qaramay, ayni vaqtga kelib, Toshkent shahridagi barcha tumanlardagi koʻplab daraxtlarning sinishi  natijasida yuzaga kelgan elektr tarmoqlaridagi simlarni tarmoqqa ulash ishlarini bajarishlari uchun vaqt talab etilishini maʼlum qilamiz.

 Hozirda ushbu holatlarni bartaraf etish yuzasidan barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda. 

Avariyalarni tezkorlik bilan bartaraf etishga «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tizimidagi barcha tuman elektr taʼminoti korxonalarining tegishli kuch va vositalari  jalb qilingan.Hozirda ishlar jadal tarzda davom etmoqda.

«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot хizmati.

  • 17.11.2021
  • 1108
Sayt xaritasi