ALOQA UCHUN

OB-HAVONING KESKIN О‘ZGARISHIGA QARAMAY MUROJAATLAR О‘Z VAQTIDA HAL ETILMOQDA

OB-HAVONING KESKIN О‘ZGARISHIGA QARAMAY MUROJAATLAR О‘Z VAQTIDA HAL ETILMOQDA

Tabiatning har qanday injiqliklariga tayyor turish, har qanday ob-havoda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash energetika sohasi vakillarining eng asosiy vazifalaridan biridir. Buni о‘ziga shior qilib olgan «Toshkent HETK» AJ hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta’minoti korxonalari ishchi-xodimlari tomonidan kuz va  qish mavsumlarini betalafot о‘tkazish uchun barcha zarur choralar kо‘rilmoqda.

Shuningdek, iste’molchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida, havo elektr tarmoqlaridagi hamda yer ostidan о‘tgan kabel tarmoqlaridagi avariya holatlarini aniqlash va joylardagi mavjud elektr energiyasini taqsimlash transformator punktlarida ta’mirlash ishlarini olib borish kabi muhim vazifalarni bajarishmoqda.

Shu bilan bir qatorda, avariya-dispetcherlik xizmatiga aholidan kelib tushayotgan murojaatlar bо‘yicha muntazam chora-tadbirlar olib borilmoqda. Har bir tuman elektr ta’minoti korxonalarida  murojaatlarni о‘z vaqtida ijobiy hal etish va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida tezkor chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, Zangiota tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchilari kuchli shamol, qor, ob-havoning sovuq paytida ham ekspluatatsiya  ishlarini bir daqiqaga tо‘xtashmadi. Xodimlar tomonidan barcha podstansiyalar, TPlarda ekspluatatsiya ishlari, nuqsonlarni bartaraf etish, ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi.

“Toshkent HETK» AJ matbuot xizmati.

  • 17.11.2021
  • 1009
Sayt xaritasi