“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR UYUSHQOQLIK BILAN OLIB BORILMOQDA
Xabaringiz bor, “Hududiy elektr tarmoqlari” Ajning barcha tarkibiy korxonalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” qizg‘in davom etmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi tomonidan har bir hududning iqlim sharoitini hisobga olgan holda daraxt turlari tanlanishi va ekilgan daraxtlarning parvarishiga alohida e’tibor qaratish lozimligi boyicha berilgan topshirig‘iga asosan hududlarda g‘ujum, xurmo, pavloniya kabi mevali va manzarali daraxtlar, uzum va boshqa kо‘chatlar ekilmoqda.
Ta’kidlash joizki, hududlarda shu kungacha kо‘plab mevali va manzarali daraxt kо‘chatlari о‘tqazib bо‘lindi.
Xususan, viloyatlar kesimida oladigan bо‘lsak, ayni paytda peshqadamlar qatorida “Andijon HETK” AJ, “Namangan HETK” AJ, “Xorazm HETK” AJ, “Qashqadaryo HETK” AJ, “Surxondaryo HETK” AJ, “Farg‘ona HETK” AJ, “ToshkentHETK” AJ, “Qoraqalpoq HETK” AJlar bormoqda. Qolgan jamiyatlar tomonidan ham belgilangan reja bajarilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.