JAHON BANKI MUTAXASSISLARI “ELEKTR ENERGIYASINI HISOBGA OLISHNI AVTOMATLASHTIRISH MARKAZI” FAOLIYATI BILAN TANISHDILAR
Bugun Jahon bankining energetika bо‘yicha katta mutaxassisi Pedzi Makumbe boshchiligidagi delegatsiya a’zolari О‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish Markazi”da bо‘lib, bu yerda tashkil etilgan zamonaviy ish jarayonlarini yaqindan kuzatdilar.
Dastavval mehmonlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi о‘rinbosari Jahongir Obidjonov bilan kelgusida Jahon banki hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ о‘rtasida hamkorlik aloqalarini о‘rnatish yuzasidan muzokoralar olib bordilar.
Delegatsiya a’zolariga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sohada olib borilayotgan islohotlar, xususan, elektr energiyasini hisobga olish va nazarot qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish va past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiyalash va yangilash borasida bajarilgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berib о‘tildi.
О‘z navbatida, mehmonlar Jamiyat tomonidan olib borilayotgan islohotlarga yuqori baho berar ekanlar, kelgusida loyihalarni moliyalashtirish va yaqindan hamkorlik qilish taklifini berdilar.
Shundan sо‘ng mehmonlar Markaz faoliyati bilan tanishish maqsadida bu yerda tashkil etilgan zamonaviy ish jarayonlarini yaqindan kuzatdilar.
Qayd etish joizki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi hamda Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida amalga oshirilgan mazkur loyiha mamlakatimizda energetika sohasini yanada rivojlantirish, xususan, elektr energiya ta’minotida innovatsion texnologiya va yechimlardan foydalanish imkonini kengaytirgani bilan ahamiyatlidir.
J. Obidjonov Markaz faoliyati bilan mehmonlarni tanishtirar ekan, bu yerda dunyoning yetakchi davlatlarida ishlab chiqarilgan server qurilmalari о‘rnatilgani, ulardagi dasturiy ta’minot orqali qariyb 20,0 mln. iste’molchiga xizmat kо‘rsatish imkoniyati mavjudligi haqida tо‘xtalib о‘tdi. Shuningdek respublika, viloyat, tuman (shahar) va mahallalar kesimida elektr energiyasi iste’molchilarining ma’lumotlari saqlanishi, shu bilan bir qatorda dasturiy ta’minot orqali elektr energiyasining soatlik, sutkalik, oylik va yillik balanslarini shaklllantirish, kо‘p tariflik tizimida hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoni mavjudligi yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Bunday tizimning Markaziy Osiyo davlatlari orasida aynan О‘zbekistonda joriy etilishi mamlakatingizda elektr energetika tarmog‘ini raqamlashtirish borasida katta qadamlar qо‘yilganidan dalolat bermoqda. Ochig‘ini aytaman, Toshkentda bunday yirik loyiha tez fursatlarda ishga tushiriladi, deb о‘ylamagan edim. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr energiyasi hisobining zamonaviy tizimiga о‘tishlishi о‘zbek xalqi farovonligiga xizmat qilishi barobarida sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, respublikada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali xalqaro miqyosda ham о‘zining munosib о‘rnini egallashi shubhasiz, – deydi delegatsiya rahbari Pedzi Makumbe.
О‘zaro hamkorlik aloqalarini о‘rnatish maqsadida tashrif buyurgan nufuzli mehmonlar past kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat kо‘rsatish hamda ASKUE tizimini joriy etishda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tajribasi alohida e’tirofga loyiqligini qayd etib о‘tdilar.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.