ALOQA UCHUN

KOʻCHAT EKIB, BOGʻ YARATISH — XALQIMIZNING AZALIY QADRIYATLARIDAN BIRI

KOʻCHAT EKIB, BOGʻ YARATISH — XALQIMIZNING AZALIY QADRIYATLARIDAN BIRI

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-noyabr kuni aholini uy-joy bilan taʼminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.

Yigʻilishda «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ham koʻrib chiqilib, 10-dekabrga qadar daraxt ekish boʻyicha «dolzarb 40 kunlik» eʼlon qilindi.

Ushbu savobli ishda har bir tashkilot, har bir fuqaro oʻz oʻrnini topishi kerakligi taʼkidlandi.

Shunga koʻra bugun, 11-noyabr kuni erta tongdan «TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ tasarrufidagi Mirzo Ulugʻbek tuman elektr taʼminoti korxonasining binosining ichki va tashqi ochiq maydonlariga mevali va manzarali daraxt ko'chatlarи ekildi.

Mazkur aksiya «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tasarrufidagi barcha tuman elektr taʼminoti korxonalari kesimida davom etmoqda.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ mаtbuot хizmati

  • 11.11.2021
  • 1828
Sayt xaritasi