ALOQA UCHUN

KО‘CHAT EKISH — AZALIY QADRIYAT

 KО‘CHAT EKISH – AZALIY QADRIYAT

Avval xabar berganimizdek, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ va uning barcha tarkibiy  korxonalarida daraxt ekish bо‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni izchillik bilan hal etishga qaratilgan bu kabi ezgu niyat Jamiyat va uning barcha tarkibiy korxonalari ishchi-xodimlarini yanada ruhlantirib,  ish joyilari hamda yashash xonadonlarini obodonlashtirish va kо‘kalamzorlashtirish ishlariga befarq bо‘lmaslikka undadi.

Kо‘chat ekib, bog‘ yaratish — xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri bо‘lib, shu kunlarda hududlarda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt kо‘chatlari, butalar ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.  Xususan, respublikada faoliyat olib borayotgan elektr ta’minoti korxonalari ma’muriy binolar atrofiga, podstansiyalar hududlarida aksiya boshlangan kundan buyon 21495 dan ortiq kо‘chatlar ekildi.

Bu borada “Qoraqalpoq HETK”, “Toshkent HETK”, “Andijon HETK”, “Farg‘ona HETK”, "Namahgan HETK" AJlar  yetakchilik qilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

 

  • 08.11.2021
  • 1103
Sayt xaritasi