“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA “DOLZARB 40 KUNLIK» BOSHLANDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida daraxt ekish aksiyasi о‘tkazilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 noyabrь kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasida Jamiyat va uning tarkibiy tashkilotlari ishchi jamoalari tomonidan respublika bо‘yicha о‘tkazilayotgan ana shunday xayrli tadbirga о‘z hissalarini qо‘shmoqdalar.
Shu о‘rinda ta’kidlash joizki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan respublika bо‘ylab “Dolzarb 40 kunlik»da jami 150 000 tup daraxt va buta kо‘chatlari ekish rejalashtirilgan.
Xususan, joriy yilning noyabrь oyi davomida hamda kelgusi yil bahor mavsumida Jamiyat va uning tarkibiy korxonalariga tegishli hududlarida g‘ujum, xurmo, pavloniya kabi mevali va manzarali daraxtlar, shuningdek uzum, shu bilan birga tez о‘suvchi va yana boshqa kо‘chatlar ekilishi kо‘zda tutilgan.
Shuni alohida qayd etish lozimki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi tomonidan har bir hududning iqlim sharoitini hisobga olgan holda daraxt turlari tanlanishi va ekilgan daraxtlarning parvarishiga alohida e’tibor qaratilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.