ALOQA UCHUN

«TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ: MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA

«TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ:  MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA

«Toshkent shahar ЕТК» AJ tasarrufidagi Bektemir tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan mazkur tumanning qator MFY hududlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, mavjud elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlarini mukammal taʼmirdan chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi «2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi toʻgʻrisida»gi PQ-2661-sonli qaroriga asosan, tumandagi «Bektemir» MFY hududidagi Oʻrta chirchiq koʻchasidagi aholi isteʼmolchilarini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, ushbu hududga loyiha asosida bir dona yangi zamonaviy TP va quvvati 630/10 kVA boʻlgan yuqori kuchlanishli transformator oʻrnatilib berildi. 

Bundan tashqari, ushbu yangi transformator punktidan chiquvchi yuqori kuchlanishli quvvati HL-10 kV boʻlgan elektr uzatish havo tarmogʻiga 500 metrdan ortiqroq yangi zamonaviy SIP kabel tarmogʻi tortib berildi.

Ayni vaqtda, ushbu transformator punktidan taʼminlanuvchi quvvati HL-10 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmogʻidagi yangi zamonaviy SIP rusumidagi kabel tarmogʻiga aholini ulash ishlari olib borilmoqda.  

Ushbu loyiha yakuni bilan ushbu MFY hududidagi 200 dan ortiq isteʼmolchilarning elektr taʼminoti yaxshilashga erishiladi.


Bundan tashqari jamiyat mutasaddilari tomonidan xodimlarning mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etishlari boʻyicha kunlik amaliy ishlardan oldin yoʻriqnomalar oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan.

Olib borilayotgan bunday amaliy ishlarning barchasi poytaxt elektr energiyasi isteʼmolchilarini sifatli hamda ishonchli elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgandir.

«Toshkent shahar ЕТК» AJ маtbuot хizmati.

  • 03.11.2021
  • 965
Sayt xaritasi