ALOQA UCHUN

ANDIJONDA TАQSIMLАSH ELEKTR TАRMOQLАRI XODIMLАRINING "KАSB MАHORАTI" MUSOBАQАSI OCHILISH MAROSIMI BO’LIB O’TDI

ANDIJONDA TАQSIMLАSH ELEKTR TАRMOQLАRI XODIMLАRINING "KАSB MАHORАTI" MUSOBАQАSI OCHILISH MAROSIMI BO’LIB O’TDI

Bugun “Аndijon HETK” АJning Buloqboshi tumanidagi oʼquv mashgʼulot maydonida “Hududiy elektr tarmoqlari” АJ Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyevning “HAR BIRINGIZNING HAYOTINGIZ MEN UCHUN QADRLI” shiori ostidagi “Kasb mahorati” musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Dastlab karnay-surnaylar sadosi ostida an’anaga ko‘ra ramziy qizil tasmalar kesilib, ochilish marosimiga taklif etilgan mehmonlar hamda har bir viloyat qatnashchilari kirib keldilar. Shundan so'ng bayroqlar ko’tarilib, davlat madhiyasi yangradi.

Kirish qismida Boshqaruv raisining elektr tarmoqlaridan foydalanish bo`yicha birinchi o`rinbosari Ro’ziqul Rayimov so’z olib, “Musobaqada hech kim yutqazmaydi, qatnashuvchilar bir-biridan tajriba almashadi va musobaqadan olgan bilim va ko’nikmalarini kelgusida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun qo’llaydi”, deya ta’kidladi. 

Shundan so'ng “Аndijon HETK” АJ bosh direktori A. Jo’raev barcha musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.  

Marosimda qo’shni Tojikiston va Qirg’iziston davlatlaridan kelgan vakillar ham ishtirok etdilar. 

Ochilish marosimi kuy va qo’shiqlarga ulanib, bayramona kayfiyatda o‘tdi.

Aytish joizki, “Hududiy elektr tarmoqlari” АJ tarkibidagi korxonalarning ekspluatatsiya hodimlari oʼrtasida Respublika boʼyicha birinchi boʼlib Аndijonda “Kasb mahorati” musobaqasi oʼtkazilmoqda. Bu esa “Andijon HETK” AJ jamoasining mas’ulyatini yanada oshiradi. 

Ushbu kasb mahorati musobaqasini o'tkazishdan asosiy ko'zlangan maqsad, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan baxtsiz hodisalarni oldini olish, hodimlarning xavfsizlik tehnikasi qoidalariga to'liq amal qilishi bo'yicha o'z malakasini oshirishidan iboratdir.

"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.

 

  • 02.11.2021
  • 845
Sayt xaritasi