NAVBAHOR TUMANIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILDI
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5048-sonli “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlari doirasida qo‘shimcha transformator punkti o‘rnatish va yangi tarmoq qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
Birgina Navbahor tumanida olib borilayotgan keng koʼlamli taʼmirlash, qurilish, obodonlashtirish ishlaridan oʼndan ortiq mahallalar fuqarolari minnatdor.
Xususan, Navbahor tumani “Yangi obod” MFY hududiga jami 38 dona temir beton tayanchlar oʼrnatilib, 800 metr 10 kVli hamda 1,4 km uzunlikdagi SIP kabel tarmogʼi tortildi. Ushbu ishlarni tezkorlik bilan amalga oshirish uchun maxsus texnikalar jalb qilindi. Mahallaga 1 dona quvvati 100 kVА boʼlgan transformator punkti oʼrnatildi.
Shuningdek, mahalla hududida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʼrish maqsadida toʼla taʼmirlash ishlari olib borildi.
"Navoiy HETK" AJ matbuot xizmati.