ALOQA UCHUN

“FАRGʼONА HETK” АJ TOMONIDAN ROSSIYALIK MUTАXАSSISLАR BILАN TАJRIBА АLMАSHISH, YANGI LOYIHАLАRNI BIRGALIKDA АMАLGА OSHIRISH REJАLАSHTIRILMOQDА

“FАRGʼONА HETK” АJ TOMONIDAN ROSSIYALIK MUTАXАSSISLАR BILАN TАJRIBА АLMАSHISH, YANGI LOYIHАLАRNI BIRGALIKDA АMАLGА OSHIRISH REJАLАSHTIRILMOQDА

Bugun shiddat bilan rivojlanib borayotgan, iqtisodiyot tarmoqlarining ajralmas qismi hisoblanmish energetika sohasida ham yangi istiqboldagi loyihalarni joriy etilishi sohani barqaror rivojlanishiga, zarur elektr qurilmalarni mahalliylashtirilishiga va, eng asosiysi, yangi ish oʼrinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda.

Joriy yil boshidan “Fargʼona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan aniq belgilangan yillik chora-tadbirlar ijrosi jamiyatda yangidan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va sohaga chet ellik mutaxassislar bilan fikr almashib, doimiy hamkorlikni yoʼlga qoʼyishdan iborat.

Jamiyatda polimer izolyatorlarni ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish boʼyicha 1-bosqich ishlar yakuniga yetkazilmoqda.

Rossiya Federatsiyasining yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadigan “СтанкоМашСтрой” mutaxassislari bilan loyiha doirasida hamkorlik shartnomasi imzolanib, kompaniya tomonidan yetkazib berilgan dastlabki dastgohlarni montaj qilish hamda ishga tushirish ishlari bajarilmoqda.

Bundan tashqari, chet ellik mutaxassislar tomonidan mazkur dastgohlarga texnik xizmat koʼrsatish boʼyicha “Fargʼona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ mutaxassislariga maʼlumotlar berilib, ishlab chiqarish jarayonlari va bosqichlari oʼrgatilmoqda.

Bugungi kunda “Fargʼona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJning polimer izolyatorlariga boʼlgan yillik talabi hisobga olinsa, loyiha 1,5 yilda toʼliq oʼzini qoplaydi.

Shu kungacha bu turdagi izolyatorlar faqatgina chetdan olib kelinar edi. Loyihani amalga oshirilishi ushbu mahsulotlarni oʼzimizda ishlab chiqarilishiga erishiladi.

Maʼlumot oʼrnida shuni taʼkidlab oʼtish joizki, loyihaning umumiy qiymati 4,1 mlrd soʼmni tashkil qilib, rossiyalik mutaxassislardan tashqari xitoylik mutaxassislar bilan ham amaliy hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan.

 Loyiha yil oxiriga qadar toʼliq yakuniga yetkazilib, ishga tushirilishi koʼzda tutilgan.

“Farg'ona HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 28.10.2021
  • 901
Sayt xaritasi