ELEKTR TARMOQLARIGA TEZ VA OSON ULANISHNI ISTAYSIZMI? MARHAMAT...
Mamlakatimizda keyingi besh yilda yangi zamonaviy uy-joylar hamda ijtimoiy soha obyektlari kо‘plab qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. О‘ziga xos uslubda shaharu qishloqlarning fayziga kо‘rk berayotgan bunday binolar xalqimiz turmush tarzining yaxshilanishi hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatining kengayishiga xizmat qilmoqda.
Ana shunday yangi uy-joylar va tadbirkorlar uchun yaratilgan binolarga egalik qilishda, birinchi navbatda, kommunal xizmatlar, xususan, elektr energiyasiga ulanish muammosi yuzaga keladi. Ba’zida tashqaridan “elektrik” yollaysizu, uning xizmati sizni qoniqtirmasligi mumkin. Keyinchalik biron muammo chiqsa, uni topolmaysiz ham. Kafolat haqida-ku gapirmasa ham bо‘ladi...
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari kо‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-5278-sonli qarori hamda 2020 yil 31 yanvardagi “Davlat xizmatlari kо‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PF-5930-sonli Farmoniga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga sifatli va tezkor ulash hamda mukammal shartnomaviy xizmatlar kо‘rsatish maqsadida “Davlat va shartnomaviy xizmatlarni rivojlantirish” filiali tashkil etildi. Filial faoliyati yо‘lga qо‘yilganiga kо‘p vaqt о‘tmagan bо‘lsada, aholi va tadbirkorlik subyektlari kо‘rsatilayotgan xizmatlardan mamnun bо‘lmoqda.
Ayni kunda Filial tomonidan murojaatchilarga quyidagi xizmatlar kо‘rsatilmoqda:
Ayni paytda Filial tomonidan iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni о‘z vaqtida va sifatli hal qilib berish maqsadida zamonaviy texnik vositalar va jihozlar xarid qilindi.
Shu bilan bir qatorda, Filial tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bо‘yicha davlat xizmatlari kо‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 555-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, elektr tarmoqlariga ulanishning aniq muddatlarini belgilash, qurilish-montaj ishlarini olib borishda tabaqalashtirilgan tariflarni joriy etish, iste’molchilarga pudratchilarni tanlab olinishi uchun shaffof onlayn platforma yaritish bо‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Quyida hamkorlik qilishni istagan iste’molchilar uchun xizmat kо‘rsatish aloqa nomerlari taqdim etiladi:
№ |
Tuman |
Tumandagi mas’ullar |
Telyefon raqami |
1 |
Mirobod tumani |
Sodikov Otabek Yusufovich |
(97) 414-41-00 |
2 |
Shayxontohur tumani |
Abidov Dilshod Mirsabitovich |
(93) 547-11-13 |
3 |
Yakkasaroy tumani |
Aripov Saidkamol Saydixisravovich |
(98) 007-11-06 |
4 |
Chilonzor tumani |
Ismailov Xusniddin Nuriddinovich |
(98) 300-09-89 |
5 |
Yashnobod tumani |
Qayumov Shohzod Abduvayut о‘g‘li |
(90) 949-66-61 |
6 |
Sergeli tumani |
Rasulov Quvonchbek Rasul ug‘li |
(94) 529-47-40 |
7 |
Olmazor tumani |
Jovliyev Jovlonbek Jovli о‘g‘li |
(91) 952-59-52 |
8 |
M. Ulug‘bek tumani |
Mirzamamedov Kamalidin Xalmatovich |
(98) 809-68-56 |
9 |
Bektemir tumani |
Sobirjonov Jamshid Ibroximovich |
(97) 776-59-95 |
10 |
Uchtepa tumani |
Nizamkariyev Shaxboz Kamalitdin о‘g‘li |
(90) 932-68-86 |
11 |
Yunusobod tumani |
Baxriyev Quvonchbek Bozorovich |
(90) 351-31-74 |
12 |
Yangi Hayot tumani |
Baxodirov Axror Baxodirovich |
(99) 876-29-80 |
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati