ALOQA UCHUN

POYTAXTDAGI ELEKTR TARMOQLARIDA YANGILASH VA MODERNIZATSIYA ISHLARI OLIB BORILMOQDA

POYTAXTDAGI ELEKTR TARMOQLARIDA YANGILASH VA MODERNIZATSIYA ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Maʼlumki, qish mavsumiga hozirlik jarayoni, ayniqsa kommunal soha xodimlari zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi. Ana shu talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda, "Toshkent shahar ETK" AJ  tasarrufidagi barcha tuman elektr taʼminoti korxonalari tomonidan bu boradagi yumushlarni ancha erta boshlab, belgilangan vazifalarni bajarishga erishishmoqda.

Jumladan, UCHTEPA tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan tumanning  «Sharq yulduzi» mahallasidagi aholi yashash xonadonlarini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, hududdagi TP-2045-sonli transformator podstansiyasidan ta`milanuvchi HL-0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlaridagi eski alyumin simlarni yangi zamonaviy 500 metrdan ortiq SIP kabel tarmoqlariga almashtirildi.

Eslatib oʻtamiz, poytaxt tumanlarida olib borilayotgan bu kabi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5048-sonli «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga asosan elektr uzatish tarmoqlarini rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Hozirda dastur doirasidagi ishlar har  bir tuman va shaharlarda tizimli davom etib kelmoqda.

«Toshkent shahar ЕТК» AJ мatbuot xizmati.

  • 28.10.2021
  • 831
Sayt xaritasi