ALOQA UCHUN

QO‘SHIMCHA TRANSFORMATOR PUNKTI O‘RNATILDI

QO‘SHIMCHA TRANSFORMATOR PUNKTI O‘RNATILDI

Prezidentimizning 2016-yil 23-noyabrdagi “2017-2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini modernizatsiya-rekonstruksiya qilish va yangilash to‘g‘risida”gi PQ-2661-sonli qarori asosida Samarqand viloyatida ham ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, viloyatning Pastdarg‘om tumanida iste’molchilarga sifatli hamda uzluksiz elektr energiya yetkazib berish borasida talay ishlar bajarildi. Buni birgina tumandagi “Bog‘ishamol” mahallasida bajarilgan ishlar misolida olsak. Mazkur mahallada istiqomat qiluvchi aholi xonadonlariga 7507-transformator punkti orqali elektr energiyasi yetkazib beriladi.

So‘nggi yillarda mahallada yangi uylar qurilib, xonadonlar soni ortishi natijasida mavjud transformator punktida yuklamalar yuzaga keldi. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida mahalladagi 7507-transformator punktiga qo‘shimcha 100/10 kVli yangi transformator punkti o‘rnatilib, 2,5 km masofaga zamonaviy SIP havo elektr uzatish tarmog‘i tortildi.Natijada ushbu mahallada yashovchi 100 ta aholi xonadonlarini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga erishildi.

“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 25.10.2021
  • 1507
Sayt xaritasi