“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” АJ BOSHQARUV RAISI ULUGʼBEK MUSTAFOEV: “HАR BIRINGIZNING HАYOTINGIZ MEN UCHUN QАDRLI”
Avval xabar berganimizdek, "Hududiy elektr tarmoqlari"AJ tarkibiy korxonalarida Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyevning “HAR BIRINGIZNING HAYOTINGIZ MEN UCHUN QADRLI” shiori ostida xodimlarning “Xavfsizlik texnikasi qoidalari”ga amal qilish mavzusida о‘quv-seminarlar bо‘lib о‘tmoqda.
Navbatdagi tadbir Andijon viloyatida tashkil etilib, undan kо‘zlangan maqsad ish paytida yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan baxtsiz hodisalarni oldini olish hamda xodimlarni xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini targ‘ib qilishdan iborat.
Unda jamiyatda ishlovchi elektromontyor hamda ishchi-xodimlarlarga korxonalarda ishlab turgan elektr qurilmalarni ekspluatatsiya, qurilish-montaj, taʼmirlash va sozlash ishlarini amalga oshirayotgan xodimlarning xavfsizligini taʼminlash boʼyicha, shuningdek, ularga ishlab chiqarishdagi xavfli omillar taʼsirining oldini olish, ishlab turgan elektr qurilmalarda qurilish va montaj ishlari bajarilayotgan vaqtda qurilish meʼyorlari va qoidalari (QMQ) talablariga rioya qilish, ishchi va xizmatchilar uchun mehnatni muhofaza qilish yoʼriqnomalarini yurgizish toʼgʼrisida tushunchalar berib oʼtildi.
Bundan tashqari har bir xodim, agar u qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini koʼra olmasa, zudlik bilan yuqori turgan rahbariyatga barcha aniqlangan buzilishlar, shuningdek elektr qurilmalaridagi inson hayoti uchun xavf tugʼdiruvchi nosozliklar, ish olib borish jarayonida ishlatiladigan mashinalar, mexanizmlar, moslamalar va himoya vositalaridagi buzilishlar haqida xabar berishi shartligi aytib oʼtildi.
Ishlayotgan xodimlarni oʼqitish va bilimlarini tekshirish tartibi obʼektlarda xodimlar bilan ishlarni tashkil qilish qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi shartligi tushuntirildi.
"Andijon HETK" AJ мatbuot xizmati.