ALOQA UCHUN

QOʼRGʼONTEPА TUMАNIDА QURILISH, TА’MIRLАSH ISHLАRI DАVOM ETMOQDА

QOʼRGʼONTEPА TUMАNIDА QURILISH, TА’MIRLАSH ISHLАRI DАVOM ETMOQDА

Аndijon viloyati boʼylab Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2661 sonli qarori ijrosi doirasida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilyapti. Bu odamlar hayotiga yangicha ruh olib kirmoqda, desak xato boʼlmaydi. Bu jarayonlarda barcha tuman va shahar elektr taʼminoti korxonalari ishchi-xodimlari faol mehnat qilib kelmoqdalar.

Birgina Qoʼrgʼontepa tumanida olib borilayotgan keng koʼlamli taʼmirlash-qurilish, obodonlashtirish ishlaridan oʼndan ortiq mahallalar fuqarolari minnatdor.

Xususan, Qoʼrgʼontepa tumani “Doʼstlik” MFY hududiga jami 54 dona temir-beton tayanchlar oʼrnatilib, 800 metr 10 kVli hamda 1,4 km uzunlikdagi SIP kabel tarmogʼi tortildi. Ushbu ishlarni tezkorlik bilan amalga oshirish uchun maxsus texnikalar jalb qilindi. Mahallaga 1 dona quvvati 100 kVА boʼlgan transformator punkti oʼrnatildi. 

Shuningdek, mahalla hududida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʼrish maqsadida 107-108 sonli transformator punktlarida toʼla taʼmirlash ishlari olib borildi.

"Andijon HETK" AJ Matbuot xizmati.

  • 22.10.2021
  • 903
Sayt xaritasi