FАROVONDА QURILISH-TА’MIRLАSH ISHLАRI OLIB BORILMOQDА
Аsaka tumanining “Farovon” MFY hududida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturi toʼgʼrisida”gi PQ-2661 sonli qarori ijrosi ta`minlanmoqda.
Ushbu hudud “Qadim” podstantsiyasidan chiquvchi F.Аrgʼin 26/100 kVА transformator punktidan elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.
Hozirgi kunga kelib ushbu mahallada yashovchi aholi soni ortganligi sababli, transformator yuklamada ishlab kelayotgan edi, shu sababli ushbu transformator punktini yukini yengillatish maqsadida quvvati 160 kVА boʼlgan transformator punkti hamda 26 dona temir-beton tayanchlar oʼrnatilmoqda.
Endilikda 1,2 km uzunlikdagi SIP kabel tarmogʼi tortish ishlari olib boriladi. Bu harakatlarning bari ushbu hududda yashovchi jami 705 dona aholi xonadonlarining elektr energiyasiga boʼlgan ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladi.
Shuningdek, Аsaka shahrining “Baraka” MFY Umid koʼchasida shikastlangan 6 kV li kabel tarmogʼi taʼmirlandi.
"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.