ALOQA UCHUN

QOʼCHQORCHI MАHАLLАSIGА YANGI 2 DONА TRАNSFORMАTOR OʼRNАTILDI

QOʼCHQORCHI MАHАLLАSIGА YANGI 2 DONА TRАNSFORMАTOR OʼRNАTILDI

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi «2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturi toʼgʼrisida»gi qarorga asosan elektr uzatish tarmoqlarini taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Quvasoy shahar “Qoʼchqorchi” MFY hududida elektr tarmoqlarini taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish ishlari belgilangan dastur asosida boshlab yuborilgan. Shu kunga qadar hududga loyiha asosida 2 dona turli quvvatdagi yangi transformator punkti olib kelib oʼrnatildi.

Shu kunga qadar hududga loyiha asosida 2 dona turli quvvatdagi yangi transformator punkti olib kelib oʼrnatildi. Bundan tashqari, rejaga muvofiq 1,0 km uzunlikda 6 kVli, 1,2 km uzunlikda 0,4 kVli yangi elektr uzatish tarmoqlari qurilmoqda. Ushbu tarmoq uchun xozirda 80 ga yaqin temir-beton tayanchlari oʼrnatilmoqda.

Jadallik bilan olib borilayotgan ushbu loyiha yakuni bilan hududdagi 150 dan ortiq isteʼmolchilarning elektr taʼminoti yaxshilanadi.

"Farg'ona HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 20.10.2021
  • 812
Sayt xaritasi