GULISTON SHAHRIGA 25 000 kVA QUVVATGA EGA TRANSFORMATOR O’RNATILDI
“Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Guliston shahrida joylashgan “Markaz” podstansiyasidagi yuqori yuklamada ishlayotgan quvvati 16 000 kVA bo’lgan kuch transformatori 25 000 kVA quvvatga ega bo’lgan yirik transfomatorga almashtirildi. Og'irligi 60 tonnadan oshiqroq bo’lagan ushbu transformatorni o’rnatish ishlari yuk ko’tarish kranlari orqali xavsiz va tezkorlikda bajarildi.
Endilikda o’rnatilgan yangi transformator Guliston shahri va Mirzobod tumanlaridagi 30 mingga yaqin aholi istemolchilari va 700 dan ortiq tadbirkorlik subektlariga sifatli elektr energiyasi etkazib berish uchun xizmat qiladigan bo’ldi.
“Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan viloyat aholisini sifatli elektr energiyasi bilan taminlashga qaratilgan modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlari davom etmoqda.
“Sirdaryo HETK” AJ matbuot xizmati.