XONOBOD SHAHRIDA MAVSUMGA TAYYORGARLIK HAMDA DASTUR DOIRASIDAGI ISHLAR OLIB BORILMOQDA
Xonobod shahar elektr taʼminoti korxonasida tuzilgan brigadalar bevosita qishloq odamlariga sifatli elektr energiyasi yetib kelishi uchun uzluksiz ish jarayonlarida ishtirok etmoqda. Bu borada qilinayotgan mehnat samarasi oʼlaroq odamlarning kayfiyati yanada ko`tarilmoqda.
Xususan, “Jannatmakon” mahallasida “Obod qishloq” va “Obod mahalla" dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar fikrimizga yaqqol misol boʼla oladi.
Ushbu hududda jami 140 ta aholi xonadonlari istiqomat qiladi. Ularning elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida fider Janay 10 kVli havo tarmogʼiga ulangan 640-sonli transformator punktidan chiquvchi fider 1-2 sonli 0,4 kV havo tarmogʼida 2 km uzunlikdagi SIP kabel tarmogʼi tortilmoqda.
Hozirda kuz-qish mavsumini betalafot oʼtkazish maqsadida Xonobod shahar elektr taʼminotiga qarashli hududlarda elektr qurilmalari tegishli koʼrikdan oʼtkazilib, joriy taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.