ALOQA UCHUN

MAVSUMGA HOZIRLIK KO'RILDI...

MAVSUMGA HOZIRLIK KO'RILDI...

Rishton tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʼrish va belgilangan mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirish borasida tuman miqyosida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Хususan, tuman boʼyicha jami turli quvvatdagi 57 dona transformator punktlari, 126,0 km uzunlikda 0,4-10 kVli elektr uzatish tarmoqlari mukammal taʼmirlanib, kuz-qish mavsumiga shay holatga keltirildi.

Transformator punktlarini mukammal taʼmirlash jarayonida nosoz elektr qurilmalar yangisiga almashtirilib, moy sathi me'yor holatga keltirildi. Elektr uzatish tarmoqlarida esa, ogʼish holatidagi tayanchlar tikligi toʼgʼrilandi.

Iste'molchilarga yetkazib beriladigan elektr energiyasi kuchlanish taqsimoti boʼyicha koʼrikdan oʼtkazildi. Salqi simlar tarangligi tortilib, tarmoq daraxt shoxlaridan tozalandi.

Bunday koʼrilayotgan choralar, oʼz navbatida, mavsumda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan avariyali uzilishlar, nosozliklarning oldini olish bilan bir qatorda isteʼmolchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berishga xizmat qiladi. 

"Farg'ona HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 18.10.2021
  • 725