“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJDA “ONA TILI – BU MILLATNING RUHI...” MAVZUIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR О‘TKAZILDI
Joriy yil 15 oktabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ katta Majlislar zalida “Ona tili – bu millatning ruhi...” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Ma’lumki, bu yil О‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili tо‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganiga 32 yil tо‘ladi. Har yili 21 oktabr sanasi yurtimizda о‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Bu yilgi bayram ham boshqa tashkilotlarda bо‘lgani kabi, Jamiyatimizda о‘zgacha shukuh va munosib taraddud bilan qarshi olindi.
Taniqli adabiyot va san’at arboblari, adabiyotshunoslar, el ardog‘idagi san’atkorlar, Jamiyat tarkibiy korxonalari ishchi-xodimlari qatnashgan ijodiy uchrashuvda ta’kidlanganidek, til – millat kо‘zgusi, ma’naviyat sarchashmasi. Shu bois ona tilimizni hurmat qilish, uning boy imkoniyatlarini о‘rganish barchamizning asosiy burchimizdir.
Sо‘zga chiqqanlar til – millatning ma’naviy boyligi, u nafaqat muoamala vositasi, balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixi ekanligini qayd etib о‘tishdi. Hozirgi kunda ona tilimiz xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va san’at, iqtisodiyotimizning turli sohalarida faol qо‘llanilmoqda.
Shu ma’noda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Davlat tili tо‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yо‘lga qо‘yish, faoliyatda tо‘liq davlat tilida ish yuritilishini tashkil qilish bо‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bо‘lib, unga asosan barcha tarkibiy korxonalarda ishlar tizimli yо‘lga qо‘yilgan.
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bо‘lgan о‘zbek tili xalqimiz uchun milliy о‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim о‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir. Shunday ekan, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalarida bо‘lgani kabi, elektr energetikasi tizimida ham davlat tilining imkoniyatlaridan tо‘liq va tо‘g‘ri foydalanishga erishish uchun xodimlarimizni ona tilimizga hurmat ruhida tarbiyalash, u bilan faxrlanish tuyg‘usini singdirib borish zarur, – dedi Jamiyat boshqaruvi raisining birinchi о‘rinbosari R. Rayimov.
О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi, elimizning suyukli shoiri Bobur Bobomurod, taniqli jurnalist, “Mezon”, “Bekat”, “Qorachiq, “Ayol baxti”, “Dо‘stlar davrasida” kabi kо‘rsatuv va tok-shoular muallifi Nozima Vohidova, xushovoz xonanda Adham Soliyev shoirlar tomonidan yaratilgan ma’naviy merosimizni avlodlarga yetkazuvchi, har on о‘ziga xos joziba bilan yangraydigan ona tilimiz haqidagi chiqishlari, ijod namunalari bayram tadbiriga alohida xushkayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir doirasida, shuningdek “Oilam kitob о‘qiydi” aksiyasi tashkil etilib, ilmiy-badiiy hamda bolalar uchun mо‘ljallangan kitoblar yarmarkasi о‘tkazildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.