TO’QQIZARIQ MAHALLASINING ELEKTR ENERGIYA SIFATI YANADA YAXSHILANMOQDA
Аndijon shahar elektr taʼminoti korxonasi Eski shahar ustachilik boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-5048 sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilda MFYlar oʼramida jami 47 km 6-0,4 kVli tarmoqni rekonstruktsiya qilish va 11 ta transformator punkti qurish reja-dasturiga kiritilgan boʼlib hozirda Eski shahar hududidagi mahallalarda ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
Xususan, “Toʼqqizariq” MFY hududidagi 211-sonli transformator punktining yuklamasini kamaytirish maqsadida yangi KTPG rusumidagi quvvati 400 kVА boʼlgan transformator punkti olib kelindi. Bundan tashqari 300 metr 6 kVli yer osti kabel tarmogʼi tortildi.
Shuningdek, ushbu mahalladagi 577-sonli 0,4 kVli havo tarmogʼini toʼliq rekonstruktsiya qilish uchun 800 metr zamonaviy SIP kabellar tortildi.
Hozirda ushbu mahallaning elektr energiyasidan boʼlgan ehtiyojini toʼliq qondirish maqsadida ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.
"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.