MАRGʼILON SHАHRIGА NAVBATDAGI TRАNSFORMАTOR PUNKTI OʼRNАTILDI
Margʼilon shahri “B.Margʼiloniy” mahalla fuqarolar yigʼini hududida joylashgan uzoq yillardan buyon xizmat koʼrsatib kelayotgan transformator punkti yillar davomida isteʼmolchilarning elektr energiyasiga boʼlgan talabi ortishi hisobiga oʼta zoʼriqish bilan ishlab kelayotgan edi. Mahalla ahlining murojaatlariga asosan hududdagi mavjud transformator punkti yukini yengillatish maqsadida yangi, quvvati 250 kVА boʼlgan transformator punkti oʼrnatildi.
Bundan tashqari, 1,2 km uzunlikda 6-0,4 kVli yangi elektr uzatish kabel tarmogʼini qurish ishlari boshlab yuborilgan. Loyihaga koʼra hududga zarur barcha elektr qurilmalar, butlovchi qismlar yetkazilib, ayni vaqtda yakuniy montaj ishlari olib borilmoqda.
Hududlarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi «2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturi toʼgʼrisida»gi PQ-2661 sonli qaroriga asosan, amalga oshirilayotgan bu kabi loyihalar isteʼmolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan.
Maʼlumot oʼrnida, joriy yil boshidan Margʼilon shahriga jami 21 dona yangi transformator punktlari yetkazilib, oʼrnatish ishlari bajarildi.
Bosqichma-bosqich foydalanishga topshirilayotgan bu kabi yangi transformator punktlari isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatini oshirmoqda.
"Farg'ona HETK" AJ matbuot xizmati.