ALOQA UCHUN

ISTEʼMOLCHILARINI YANGI TARMOQQA ULASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

ISTEʼMOLCHILARINI YANGI TARMOQQA ULASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

«Toshkent shahar ЕТК» AJ  tasarrufidagi barcha tuman elektr taʼminoti korxonalari ishchi-xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi «2017-2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturi toʻgʻrisida»gi PQ-2661-sonli qaroriga asosan Toshkent shahrining barcha hududlarida elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish maqsadida, ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, Shayxontoxur tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan tumandagi «Katta oqtepa» MFYning Bahoriston 2-berk koʻchalari hududida joylashgan TP-1442-sonli transformator punktidan taʼminlanuvchi quvvati HL-0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli havo elektr tarmogʻidagi eski alyumin simlarni 350 metrdan ortiq yangi zamonaviy SIP kabel tarmoqlariga almashtirib berildi.

Ayni damda, MFY hududidagi aholi isteʼmolchilarini ushbu yangi tarmoqqa ulash ishlari olib borilmoqda.

«Toshkent shahar ЕТК» AJ  matbuot xizmati.

  • 08.10.2021
  • 913
Sayt xaritasi