ALOQA UCHUN

SOHА ZАHMАTKАSHLАRI TOMONIDАN BАLIQCHI TUMАNIDА АMАLGА OSHIRILАYOTGАN ISHLАR

SOHА ZАHMАTKАSHLАRI TOMONIDАN BАLIQCHI TUMАNIDА АMАLGА OSHIRILАYOTGАN ISHLАR

Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida iqtisodiy hamda ijtimoiy sohalarda strategik va mahalliy ahamiyatga ega boʼlgan loyihalar amalga oshirilmoqda. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida mahallalar va qishloqlar yangicha qiyofaga ega boʼlmoqda. Fuqarolarning farovon hayoti uchun yetarli sharoitlar muhayyo etilmoqda. Аlbatta, bu ishlar aholining turmush darajasi yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Baliqchi tumanining “Doʼstlik” mahallasi “Obod qishloq” dusturiga kiritilgan boʼlib, hozirda ushbu MFYning Navroʼz koʼchasiga 1 dona KTPm rusumli quvvati 160 kVA boʼlgan, Gʼayrat koʼchasiga 1 dona KTPs rusumli quvvati 100 kVA boʼlgan transformator punktlari olib kelib oʼrnatildi va ishga tushirildi.

Shuningdek, Doʼstlik MFY hududida joylashgan 110/35/10 kVli Chinobod nimstantsiyasidan chiquvchi 10 kVli Olimbek havo tarmogʼiga ulangan 6 dona transformator punkti hamda 0,4 kVli havo tarmoqlari mukammal taʼmirlandi. Endilikda Navroʼz, Gʼayrat hamda Mustaqillik koʼchalarida jami 7,8 km uzunlikda SIP kabel tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda. Аmalga oshirilgan ishlar natijasida Doʼstlik MFY hududidagi jami 438 ta xonadonning elektr taʼminoti yaxshilandi.

Baliqchi tumanining yana bir “Gulshan” mahallasida PQ-2661 sonli qarori ijrosi boʼyicha jadal surʼatlarda ishlar olib borilmoqda. Hududda 455 ta xonadonda 3150 nafar fuqarolar istiqomat qiladi. Mahallalarda ayni paytda qurilish, rekonstruktsiya va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu hududga 1 dona quvvati 100 kVА boʼlgan KTPm rusumidagi transformator punkti hamda 30 dona temir-beton tayanchlar olib kelib oʼrnatildi. Bundan tashqari qish mavsumiga tayyorgarlik koʼrish maqsadida ushbu mahallada joylashgan 1 dona transformator punkti va 3,8 km tarmoq mukammal taʼmirlandi.

Soha zahmatkashlari tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu ishlarning barchasi elektr taʼminotini yanada yaxshilanishiga xizmat qiladi.

"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati

  • 07.10.2021
  • 1022
Sayt xaritasi