DAVLATOBOD TUMANIDAGI IJODKOR MAHALLASIGA YANGI ELEKTR TARMOG‘I QURILADI
Ijodkor mahallasi Namangan shahar, Davlatobod tumani hududida joylashgan 110/6 kVli "Nurobod" nimstansiyasidan chiquvchi 6 kVli "Navro‘z" tarmog‘iga ulangan quvvati 250 kVAli 622-sonli transformator punkti orqali elektr ta’minotiga ega.
Ayni kunlarda Dastur asosida 7509 nafar aholi istiqomat qiladigan mahallaning har bir ko‘chalariga temir-beton tayanchlar o‘rnatilib, SIP kabellar orqali tarmoqlar tortilmoqda.
Xususan, navbatdagi Anjirzor ko‘chasiga 1,2 km masofaga yangi tarmoq tortish uchun temir-beton tayanchlar olib kelinib, modernizatsiya Ishlari eskirgan hamda nostandart usulda tortilgan tarmoqlarni olib tashlashdan boshlanishi rejash.
"Namangan HETK" мatbuot xizmati.