“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Shartnomaviy xizmatlar va mahsulot ishlab chiqarishni monitoring qilish boshqarmasi tomonidan Namangan hududiy filialining “Ishlab chiqarish sexi”da ishlab chiqarish jarayonlari о‘rganildi.

Joyiga chiqqan holda о‘tkazilgan monitoring davomida ishlab chiqarilayotgan turli xildagi temir-beton tayanchlar va travers mahsulotlarining sifati, ularning belgilangan texnik talablarga muvofiqligi hamda obyektlarga tegishli hujjatlar asosida yetkazib berilishi holati kо‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahsulotlarni ishlab chiqarishdan tortib, ularni saqlash va obyektlarga yetkazib berishga qadar bо‘lgan jarayonlarda belgilangan tartib va talablarga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Asosiy maqsad — ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini ta’minlash, texnik talablarga muvofiqligini nazorat qilish va elektr tarmoqlarida foydalaniladigan mahsulotlarning ishonchliligini oshirish.