«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi «О‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi tо‘g‘risida»gi PQ-4249-sonli qaroriga asosan elektr energiyani yakuniy iste’molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshiruvchi «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tarkibidagi 12 ta hududiy filial hamda 2 ta hududiy korxona tomonidan (“Buxoro HETK” va “Farg‘ona HETK” AJ lar) 0,4-6-10-35-110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini ekspluatatsiyasi, shuningdek, mazkur obektlarning rivojlanishi doirasida yangi qurilish, rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshiriladi. Bundan tashqari 3 ta filial (“Energosavdo” filiali, “Hududiy qurilish-montaj direksiyasi” filiali, “Davlat xaridlari markazi” filiali) tomonidan elektr energiyasi iste’molchilariga xizmat kо‘rsatiladi.
Jamiyatning 12 ta hududiy filiali hamda 2 ta hududiy korxonasi (“Buxoro HETK” va “Farg‘ona HETK” AJ lar) tarkibidagi 211 ta tuman va shahar elektr ta’minoti korxonasi tassarufidagi 110-35-10 kV kuchlanishli 359 ta podstansiyadan uzatiladigan elektr energiyasi 101 417 dona transformator punkti va 264 478,6 ming km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari orqali О‘zbekiston Respublikasining maishiy va yuridik iste’molchilariga yetkazib beriladi.
О‘zbekiston Respublikasida 2026 yil 1 yanvar holatiga ko’ra elektr energiyasi iste’molchilarining umumiy soni – 8 722 552 ta:
yuridik iste’molchilar – 517 533 ta;
maishiy iste’molchilar (aholi) – 8 205 019 kishi
«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ TASSARUFIDA 2026 YIL 1 YANVAR HOLATIGA:
JAMI 04-110 KVLI ELEKTR UZATISH TARMOQLARI – 264 478,6 km;
shundan,
• 110 kV – 2 705,2 km;
• 35 kV – 2 287,6 km;
• 10 kV – 88 850,4 km;
• 6 kV – 14 909,3 km;
• 0,4 kV – 155 726,1 km.
JAMI TRANSFORMATOR PUNKTLARI – 101 417 dona
shundan,
• 10/0,4 kV gacha – 82 767 dona;
• 6/0,4-160 kV gacha – 18 650 dona.
JAMI PODSTANSIYALAR SONI – 359 ta,
shundan,
• 110 kVli – 140 ta;
• 35 kVli – 219 ta;
JAMI TAYANCHLAR SONI:
Anker – 28 540 dona;
Yog‘och – 2070895 dona;
Temir-beton – 2 818 799 dona;
Metal – 2 994 dona.
JAMIYAT FAOLIYATINING 2025 YIL DAVOMIDA ERISHGAN ASOSIY KO‘RSATKICHLARI
2025 yil yanvar-dekabr oylarida iste’molchilar tomonidan
64,4 mlrd kVt soat elektr energiyasi iste’mol qilindi.
Jumladan:
- 18,0 mlrd kVt soat – aholi
- 46,4 mlrd kVt soat – ulgurji
EEHAT (ASKUE) tizimining joriy etilishi
- 8 257 231 ta elektron hisoblagichlar yetkazib berildi;
- 8 188 563 ta iste’molchilarga elektron hisoblagichlar o‘rnatildi,
- jami 8 160 046 ta Billing tizimiga ulangan hisoblagichlar.
2025 yil boshidan 164 284 ta hisoblagichlar Billing tizimiga ulandi.
Elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturlari doirasida amalga oshirilgan ishlar:
2025 yilda
12 409,0 km 0,4-110 kV elektr uzatish tarmoqlari tortilgan
3 254 ta transformator punktlari o‘rnatilgan
18 ta Yangi podstansiyalar qurilgan
12 ta nimstansiyalar modernizatsiya qilingan
Hududlarda zarur materiallar zaxirasi yaratildi.
1 740 ta har xil quvvatli transformatorlar, 680,5 tonna transformator moyi, 4 371 dona temir beton tayanchlar, 145,1 tonna sim, 497,0 km kabellar, 14 364 ta mufta va 129 123 dona boshqa zarur materiallar.
"Energonazorat" axborot tizimi ishlab chiqilgan. Mazkur tizimda, taqsimlash elektr tarmoqlari transformatorlari va elektr uzatish havo liniyalarining texnik pasportlari hamda ular orqali qancha elektr energiyasini uzatilishi, iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazilishidagi texnologik yо‘qotishlar, elektr hisoblagichlarning aloqaga chiqishini kuzatish va boshqa qator imkoniyatlar yaratildi.
Jamiyatning hududiy filial va korxonalaridan 640 nafar muhandis-texnik xodimlar “Ilmiy-texnik va xodimlarni malakasini oshirish markazi” filialida о‘qitilib, kasbiy malakasi oshirildi
Farg‘ona Politexnika instituti professor-о‘qituvchilari bilan hamkorlikda 97 nafar rahbar xodimlar va bosh muhandislar uchun “Energiya resurslarini tejash, texnologik yо‘qotishlarni qisqartirish, energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish” mavzularida о‘quv mashg‘ulotlari va malaka oshirish kurslari tashkil etildi hamda ishtirokchilarga namunaviy sertifikatlar topshirildi
О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda “Murabbiylar jamoasi” tashkil qilinib, hududlarda mutaxassislar bilan о‘quv seminarlar tashkil qilindi hamda seminar yakunlari bо‘yicha barcha xodimlar bilim sinovlaridan о‘tkazildi
2025-yilning 24-25-aprel kunlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimlar о‘rtasida mini futbol bо‘yicha “Boshqaruv raisi kubogi” musobaqasining respublika bosqichi о‘tkazildi
I о‘rin g‘oliblariga Rossiya Federativ Respublikasi Kislovodsk shahrining Kislovodsk sanatoriyasiga yо‘llanmalar taqdim etildi, II va III-chi о‘rin g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlandilar
Joriy yilning iyun oyida Namangan viloyatida bо‘lib о‘tgan “Xalqaro gullar festivali”da jamiyatning barcha ayol-qizlari qatnashdilar
Joriy yilning 29-30-iyun kunlari turkiy xalqlar davlatlari о‘rtasida taqsimlash elektr tarmoqlariga xizmat kо‘rsatuvchi elektromontyorlarning navbatdagi kasb mahorati musobaqasi Qirg‘iz Respublikasi Qorakо‘l shahrida о‘tkazilib "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ jamoasi ham faol ishtirok etdi
“YOSHLAR FORUMI” doirasida “ZAKOVAT” o‘yini o‘tkazildi. Jamoaviy о‘yinlar natijasiga kо‘ra:
1-о‘rin "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ jamoasiga
2-о‘rin Andijon hududiy filiali jamoasiga
3-о‘rin Jizzax hududiy filiali jamoasiga nasib etdi
Joriy yilning aprel va sentabr oylarida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi hamda tizim korxonalarida faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” о‘tkazildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda respublikamizning barcha hududlarida viloyat hududiy filiali xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan yig‘ilish, davra suhbati va targ‘ibot tadbirlari о‘tkazildi.
Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan kо‘p yillik samarali va sermahsul mehnati uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning bir guruh xodimlariga MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDО‘STLIGI ELEKTR ENERGETIKA KENGASHINING «Mustaqil davlatlar hamdо‘stligida xizmat kо‘rsatgan energetik» unvoni, shuningdek, Boshqaruv raisining Faxriy yorliq va Tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
2025-yilning 1-avgust kuni Toshkent viloyati Angren shahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Xitoyning “Holley Technology” Ltd MCHJ QK o‘rtasida transformator ishlab chiqarish loyihasi doirasida kuch transformatorlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Mazkur loyiha asosida 6-10 kV tarqatish tarmoqlari uchun 25-3150 kVA quvvatli transformatorlar hamda 35 kV tarqatish tarmoqlari uchun 100-2500 kVA quvvat transformatorlari ishlab chiqariladi
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati hududiy filiallari hamda tizim korxonalarida faoliyat yuritayotgan ayollar о‘rtasida sportning “Shashka” va “Stol tennisi” turlari bо‘yicha musobaqalarning Respublika bosqichi tashkil etildi.
Mazkur musobaqalar xodimlarning bо‘sh vaqtini mazmunli о‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoada sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda ayollarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga xizmat qildi.
Samarqand shahrida turkiy tilda sо‘zlashuvchi davlatlarning taqsimlash elektr tarmoqlariga xizmat kо‘rsatuvchi elektromontyorlari о‘rtasida kasb mahorati bо‘yicha xalqaro musobaqa tashkil etildi.
Mazkur nufuzli musobaqada Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tatariston, Turkiya hamda О‘zbekiston Respublikasi energetika kompaniyalari mutaxassislari ishtirok etishdi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha – ISO 37001:2016 hamda ISO 9001:2015 – sifat standarti bo‘yicha xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi.
«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ MAVSUMGA TAYYORLANISH YUZASIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR HISOBOTI
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tarkibiga elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish faoliyatini amalga oshiruvchi 12 ta hududiy filial, ikkita hududiy elektr tarmoqlari korxonasi («Buxoro HETK» AJ va «Farg‘ona HETK» AJ), ixtisoslashtirilgan «Ilmiy-texnik va kadrlar tayyorlash о‘quv markazi», «Davlat xaridlari markazi», «Energosavdo» va «Hududiy qurilish-montaj direksiyasi» filiallari, shuningdek, ikkita qо‘shma korxona – «Quvvat Energo RES» QK MCHJ va «Angren Energo» QK MCHJ kiradi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ faoliyati hududiy elektr tarmoqlarini samarali boshqarish, muvofiqlashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan bо‘lib, Jamiyatning asosiy vazifasi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilardan yakuniy iste’molchilarga ishonchli va uzluksiz yetkazib berishni ta’minlashdan iborat.
ELEKTR UZATISH VA TAQSIMLASH LINIYALARI
|
Elektr uzatish va taqsimlash liniyalarining uzunligi, km |
271 866 |
|
Tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari soni, dona. |
211 |
|
110 – 35 kV kuchlanishli podstansiyalar soni, dona. |
282 |
|
Transformator punktlari soni, dona. |
106 140 |
ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI
|
Jami iste’molchilar soni, shu jumladan: |
8 937 124 |
|
Maishiy iste’molchilar (aholi) |
8 390 952 |
|
Ulgurji iste’molchilar (yuridik) |
546 172 |
2026 yilda 1 noyabr sanasiga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 43 117,0 mlrd.kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berildi.
|
|
01.11.2025 |
01.11.2026 |
|
Iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi, mln kVt·soat shu jumladan: |
63 179,0 |
43 117,0 |
|
Maishiy iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi, mln kVt·soat |
17 750,2 |
15 780,6 |
|
Yuridik shaxslar bо‘lgan iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi, mln kVt•soat |
45 429,2 |
27 336,4 |
ASKUE TIZIMINING JORIY ETILISHI
ASKUE tizimini joriy etish doirasida jami 8 374 245 ta elektron hisoblagich yetkazib berildi. Shundan 8 258 021 tasi iste’molchilarga о‘rnatildi.
Bugungi kunga qadar о‘rnatilgan elektron hisoblagichlarning 8 252 046 tasi Billing tizimiga ulangan.
Xususan, 2026 yil boshidan 1 noyabr holatiga qadar 111 719 ta elektron hisoblagich Billing tizimiga ulandi.
AMALGA OSHIRILGAN YANGI QURILISHLAR
AMALGA OSHIRILGAN MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI
Taqsimlovchi tarmoqlarni 2026 yil kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida Hududlarda Maxsus shtablar tashkil etildi, 29 717,6 km elektr tarmoqlari hamda 10 519 ta transformator punktlari mukammal ta’mirlandi.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda “О‘zenergoinspeksiya” tomonidan jami 29 121 km (98%) elektr tarmoq va 10 337 dona (99%) transformator punkti qabul qilindi.
Jamiyat tasarrufidagi 106 142 ta transformator punktining texnik holati о‘rganilib, ulardan 61 998 tasi ta’mirtalab deb topilgan, shundan 8 852 tasi “qizil”, 53 146 tasi esa “sariq” toifaga kiritilgan bо‘lib, hozirga qadar “qizil” toifadagilarning 9 165 dona (104%), “sariq” toifadagilarning esa 49 966 (94%) ta’mirlab bо‘lingan.
“YANGIYО‘L TAJRIBASI” DOIRASIDA ENERGETIKA INFRATUZILMASINI MODERNIZATSIYA QILISH
14 ta tumanda о‘tkazilgan о‘rganishlar natijasida 265 ta mahallada 60 MVt elektr quvvati taqchilligi, 5 695 ta transformator va 6,9 ming km elektr tarmog‘i ta’mirtalab holatda ekani aniqlandi.
2026 yil 1 noyabr holatiga 441 ta transformator va 1 134 km tarmoq ta’mirlandi. Kelgusi besh yilda energiyaga talab 49% oshishi prognoz qilingani sababli, 721 ta mahallada 2 261 ta transformator va 7 449 km tarmoqni yangilash belgilandi.
Natijada qо‘shimcha 1 300 MVt о‘tkazuvchanlik quvvati yaratilib, elektr ta’minoti barqarorligini oshirish va tarmoq yо‘qotishlarini kamaytirish nazarda tutilgan.
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI
Soha 24 soatlik ish rejimiga о‘tkazilib, 6 561 ta mutaxassislardan tashkil topgan 1 189 ta ta’mirlash brigadalari tunu-kun navbatchiligi tashkil etildi, ularga 1 577 ta maxsus avto va texnikalar biriktirildi.
Hududlarda 1 099 ta har-hil quvvatli transformatorlar, 610,8 tonna transformator moyi, 7 320 dona temir beton tayanchlar, 158,0 tonna sim, 431,2 kilometr kabellar, 7 581 ta mufta va 108 715 dona boshqa zarur materiallar zaxirasi yaratildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqat
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda mijozlar va manfaatdor tomonlar bilan tezkor hamkorlikni ta’minlash maqsadida Call-markaz tashkil etilgan.
Call-markazning asosiy vazifalari:
Murojaatlar «1154» qisqa raqami orqali qabul qilinadi hamda belgilangan tartib-qoidalar asosida kо‘rib chiqiladi.
2026 yil boshidan buyon «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Call-markazi faoliyatida yuqori samaradorlikka erishildi. Jumladan, 2026 yil 1 noyabr holatiga Call-markaz tomonidan 3 580 757 ta qо‘ng‘iroq qabul qilingan bо‘lib, bu 2025 yilning shu davriga nisbatan (3 980 317 ta) 10 %ga kamdir.
Kelib tushgan murojaatlarning qariyb 91 foizi elektr energiyasi iste’moli tо‘g‘risida ma’lumot olish hamda shaxsiy hisobvaraq tо‘ldirilgandan sо‘ng elektr ta’minotini qayta tiklash masalalariga tо‘g‘ri kelgan.
2026 YIL BOSHIDAN 1 NOBRGA QADAR HUDUDIY KORXONALARDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR MUROJAATLARINING TAQSIMOTI
Joriy yilning о‘tgan о‘n oyi davomida Jamiyat vakolatiga oid masalalar bо‘yicha jami 54 179 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 45 835 tasi (84,6 foizi) qanoatlantirilgan, 6 827 tasi (12,6 foizi) yuzasidan tushuntirish berilgan, 1 517 tasi (2,8 foizi) esa ayni vaqtda ijro jarayonida.
Mazkur kо‘rsatkich о‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 497 taga kо‘paygan.