ALOQA UCHUN

Kadrlar siyosati

Elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishga xizmat iluvchi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ kadrlarga oid siyosatining asosiy maqsadlari quyidagicha:

- Jamiyatning malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida ta'minlash, sohaga salohiyatli kadrlarni jalb etish;

- yosh kadrlar bilan ishlash, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy o‘quv markazlari va kurslarida xodimlar kasbiy malakasini doimiy oshirib borishlari uchun sharoit yaratish;

- «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mutaxassislari uchun xorijiy moliya institutlari yetakchi mutaxassislari ishtirokida MSFO standartlari bo‘yicha hisobot tayyorlashning asosiy metodlari, ularni tatbiq etishning o‘ziga xos xususiyatlari va «Korxonani boshqarish» ERP tizimini joriy etishga qaratilgan brifing, seminarlar va boshqa uchrashuvlar tashkil etish;

- xodimlarning yanada samarali ishlashiga erishish, ularning mehnat muhofazasini ta'minlash.

 

2026 yil 1 noyabr holatiga «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ xodimlarining umumiy soni 24 878 nafarni tashkil etdi. 2025 yilning mos davriga nisbatan xodimlar sonining kamayishi, asosan, tashkiliy о‘zgarishlar, xususan, 35–110 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining «О‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruviga о‘tkazilishi va shu munosabat bilan xodimlarning bir qismi boshqa tashkilotga о‘tkazilishi bilan izohlanadi.

 

 

Xodimlarning 22 372 nafar erkak (90%) va 2 506 nafar ayol (11%) faoliyat yuritmoqda.

Yosh tarkibi tahlili xodimlarning asosiy qismi – 90% 31–50 yosh toifasiga mansubligini kо‘rsatmoqda. 30 yoshgacha bо‘lganlar 18%, 50 yoshdan yuqori xodimlar esa 13 % tashkil etadi.

 

Xodimlar sonining yosh toifalari bо‘yicha taqsimoti

Kо‘rsatgich

2023

2024

2025

2026

 30 yoshgacha bо‘lgan xodimlar (nafar)

4 946

4 580

4 323

4484

30 yoshdan 50 yoshgacha

17 692

19 808

17 524

17285

50 yoshdan yuqori

3 519

3 583

3 383

3109

            Xodimlar sonining jins tarkibi bо‘yicha taqsimoti

 

2023

2024

2025

2026

Ayollar

2 650

2 614

2 497

2 506

Erkaklar

23 507

25 357

22 733

22 372

 

Boshqaruv organlari tarkibi va xodimlarning jinsi bо‘yicha taqsimoti

Kо‘rsatkich

2023

2024

2025

2026

Erkaklar

Quyi bо‘g‘indagi lavozimlar

21 750

23 353

20 877

20254

Rahbarlik lavozimlari

1 757

2 004

1 856

2118

Ayollar

Quyi bо‘g‘indagi lavozimlar

2 588

2 520

2 438

2445

Rahbarlik lavozimlari

62

94

59

61

 

 

KADRLAR TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISH

2026 yil 1 noyabr holatiga kо‘ra, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ xodimlarining kasbiy bilim va kо‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Ilmiy-texnik va xodimlarni malakasini oshirish markazi” filiali tomonidan jami 72 soatlik о‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Natijada 1356 nafar xodimning malakasi oshirildi, ular uchun jami 24 soatlik amaliy о‘quv kurslari tashkil etildi.

О‘quv dasturlari texnik yо‘nalishlar, mehnat muhofazasi, raqamli kо‘nikmalar, boshqaruv kompetensiyalari hamda zamonaviy ishlab chiqarish standartlarini о‘zlashtirishni qamrab oldi.

 

 

MEHNATNI MUHOFAZA QILISH VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI MASALALARI BО‘YICHA О‘TKAZILGAN О‘RTACHA О‘QUV SOATLARI

 

Kо‘rsatgich

2023

2024

2025

2026

Jamiyatning bir nafar о‘z xodimiga mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bо‘yicha tо‘g‘ri keladigan о‘rtacha о‘quv soatlari, soat.

68

72

72

144

Mehnatni muhofaza qilish va ish joyidagi xavfsizlik masalalari bо‘yicha о‘quvdan о‘tgan xodimlar soni, nafar.

13 342

13 605

11 762

12135

  • 37603
Sayt xaritasi